Bugun Mirzo Ulug‘bek tumani "Asaka" mahallasida mahalla faollari bilan “Yoshlarni ish bilan ta’minlash va ijtimoiy faolligini oshirish masalalari” bo'yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti dekani Sh.Norboyev, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari X.Eshova, “Yerdan foydalanish” kafedrasi katta o‘qituvchisi Z.Hafizova hamda fakultet tyutorlari D.Xursandova, M.Vafoyeva, S.Ibragimovalar ishtirok etishdi. Mamlakatimizda barkamol yoshlarni tarbiyalash hamda kasb-hunarlarni o'rgatish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, demokratik jamiyatni yaratish yarayonida faolligini oshirish borasida keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda.
Darhaqiqat, bugungi kunda mahalla yoshlari hamda umumta’lim maktablarida o‘quvchilarga berilayotgan ta’lim-tarbiya, pedagoglarga bo‘lgan hurmat va e’tibor tobora yuksalib bormoqda. Ustoz-murabbiylarning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash, iste’dodli o‘quvchilarni kashf etish, ularni o‘zlari qiziqqan hamda orzu qilgan kasbga yo‘naltirish ta’lim sohasining muhim vazifasiga aylandi.
Fakultetimiz ushbu mahalla va maktablarda ta’lim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish va sifatini oshirish, mahalla yoshlar va o‘quvchi-yoshlarning o‘z iste’dodini to‘liq namoyon etishlariga har tomonlama ko‘maklashmoqda. Bugungi kunda mahalla yoshlarning kamol topishi hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlarida Prezidentimiz ilgari surgan beshta muhim tashabbus ulkan ahamiyat kasb etyapti. Shu bois, biriktirilgan "Asaka" mahallasi bilan “Beshta muhim tashabbus kuni” deb nomlangan madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish bo‘yicha rejalar tuzib olindi.
YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti