Madhiyamiz matni muallifi haykali poyida

img

27.09.2022

Madhiyamiz matni muallifi haykali poyida

Аbdulla Oripov o’zbek adabiyotini yangi bosqichga ko’targan noyob iste’dod sohibi edi. Uning yuksak badiiy, teran falsafiy she’rlari xalqimiz ko’nglidan joy olgan. Bugun “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti jamoasi,  fakulteti dekani Sh.Narbaev va Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovini H.Eshova yoshlar ittifoqi yetakchisi H.Tojiboev hamda tyutorlari boshchiligida atoqli ijodkorning haykali poyiga gullar qo’yishdi. Аyniqsa, talaba-yoshlarimiz tomonidan tadbir boshlanishida O'zbekiston Respublikasining davlat madhiyasini ijro etishi barcha yig'ilganlarga ko‘tarinki ruh bag'ishladi. Shuningdek, talaba-yoshlar tomonidan  "Аbdullaxonlik" she’riyat kechasi adabiyot shinavandalarini mushoiraga chorladi. Unda shoir ijodidan namunalar, Vatan haqidagi she’rlar aytildi. Fakultet dekan muovini  H.Eshova tadbir mazmun - mohiyati bilan bog’liq holda, o’z fikr-mulohazalarini aytib, tadbirni ochib berdi. Tadbirda so’zga chiqqanlar shoirning hayotiy kechinmalari va faoliyati borasida to’lqinlanib gapirib uning she’rlaridan ayrim namunalarni o’qib berishdi. Bugungi o’tkazilgan tadbirda yozuvchilar uyushmasining yosh ijodkorlar bilan ishlash bo'limi boshlig'i Alisher Boymurodov  uzining hazilomuz sherlari bilan ishtirok etdi. U yig’ilganlarga shoir ijodi hamda o‘z she’rlaridan namunalar o’qishdi. Tadbir savol-javoblarga boy tarzda bo’lib o’tdi.  Tadbir sngida talaba-yoshlar Alisher Navoiy haykali poyiga ham gullar qo‘yishdi.

YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovini H. Eshova axboroti