08.10.2022
Kecha YeRB fakulteti 101-102 guruh talabalari bilan G‘alaba bog‘i va Shon-sharaf muzeyiga sayohat uyushtirdik. Ushbu majmua 9 may 2020 yilda ko‘pmillatli O‘zbekiston xalqining ikkinchi jahon urushida ko‘rsatgan beqiyos jasoratini abadiylashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbuslari bilan barpo etilgan.
Muzeyga birinchi marta kelgan talabalar o‘zlarini boshqa olamga tushib qolgandek his qilishdi. Undagi eksponatlar 1941-1945 yillardagi qonli urushning qanchalik dahrshatli va ayovsiz bo‘lganini tasvirlab turibdi. Buni ko‘rgan talabalar bugungi tinch, osuda hayotimiz va mustaqil O‘zbekistonimiz uchun shukronalar aytib, Vatan oldidagi burchlarini ado etishga va’dalar berib xayrlashdilar.
YeRB fakulteti tyutori D. Egamova axboroti