Hammamizga ma’lumki prezidentimiz tomonidan biz yoshlarga juda ko`p imkoniyatlar yaratilmoqda. Shunday imkoniyatlardan biri “O`zbekiston yoshlar ittifoqi” tomonidan o`rtacha o`zlashtirishi 86% dan yuqori bo`lgan talabalar uchun to`lov kontrakt summasining 35% qismini to`lab berishdir. Ana shu kabi imkoniyatlar bilan tanishtirish maqsadida 31-yanvar kuni “Yerdan foydalanish va yer kadastri” fakulteti iqtidorli va faol talabalari o`rtasida davra suhbati o`tkazildi.
Suhbatni institutimiz Yoshlar ittifoqi yetakchisining 1-o`rinbosari Mutalov Alisher hamda faol iqtidorli yoshlar bilan ishlash yo`nalishi yetakchisi Axmadov Safarali o`tkazishdi. Suhbat davomida talabalar bu imtiyozga qanday erishish hamda belgilangan nizom bilan tanishishdi.
Aziz talabalar bu imkoniyatni qo`ldan bo`y bermaylik!
Ze’ro, biz yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar cheksiz va bu imkoniyatlardan foydalanish biz yoshlar uchun ham qarz, ham farz. Bizdan talab qilinadigani a’lo o`qish va faol bo`lish!
Agar sizning ham o`rtacha o`zlashtirish ballingiz 86% dan yuqori bo`lsa va faol bo`lsangiz, institutimiz yoshlar ittifoqi xonasiga kelib nizom bilan tanishing va imtiyozga ega bo`ling!
Institutimiz yoshlar kengashi a’zolari sizga har qanday ko`mak bo`lsa berishadi.
“YF va YK” fakulteti yoshlar matbuot kotibi Sh.Hamidullayev axboroti