24.09.2022
Barchamizga ma'lumki, Аbdulla Oripov o’zbek adabiyotini yangi bosqichga ko’targan noyob iste’dod sohibi bo'lgan. Uning yuksak badiiy, teran falsafiy she’rlari xalqimiz ko’nglidan joy olgan. “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti jamoasi, va 1 kurs talaba-yoshlari fakultetini Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovini H.Eshova va tyutorlari S.Ibragimova, A.Xayitova, D.Egamovalar boshchiligida atoqli ijodkorning haykali joylashgan Adiblar xiyoboni"ga sayohat qilishdi. Yuksak ma'naviyat sohibi bo'lgan shoirning she'rlarini 1 kurs talaba-yoshlari tomonidan "Аbdullaxonlik" she’riyat kechasi adabiyot shinavandalarini mushoiraga chorladi. Unda shoir ijodidan namunalar, Vatan haqidagi she’rlar aytildi.
Fakultet dekan muovini H.Eshova adiblar to'g'risida o’z fikr-mulohazalarini aytib, har bir shoirlarning hayotiy kechinmalari va faoliyati borasida to’lqinlanib gapirib uning she’rlaridan ayrim namunalarni o’qib berdi. Tadbir savol-javoblarga boy tarzda bo’lib o’tdi. Biz bilamizki, o’zbeklarga xos donishmandlik, bag’rikenglik, xokisorlik va andisha Аbdulla Oripov hayoti va ijodiga singib ketgan. Bunday e’tiroflar o’z-o’zidan dunyoga kelgan emas. Vatan qiyofasini badiiy aks ettiruvchi, uning dardlari, quvonchlari, orzu-umidlari, o’tmishi, kelajagini namoyon etuvchi xalqning vijdoni hisoblanadi. Аbdulla Oripov ana shunday shoirlar sirasidan sanaladi. Boshqacha aytganda, shoir she’rlarida Vatanga baxshida qalbning va qalblarning tug’yonlarini aks ettirdi.
YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H. Eshova axboroti