15.04.2023
Bugungi kunda xalqaro standartlarga mos o’quv jarayonining so’ngi yutuqlaridan foydalanish dolzarb muammolardan sanaladi. “Yer resurslari va kadastr” fakultetida 3 kurs talaba-yoshlari o'rtasida ilmiy-tadqiqot ishlarida jahon tajribasidan samarali foydalanish maqsadida "Xalqaro bo'lim bilan hamkorlikda" tadbir bo'lib otdi. Unda Xalqaro hamkorlik bo'limi bosh mutaxasisisi Z.Umirzakov hamda Xalqaro hamkorlik bo'limi uslubchisi K.Abdulxaylar oz ma'ruzalari bilan ishtirok etdi.
Tadbirda so'zga chiqqanlar professor-o’qituvchilarning xorijda malakasini oshirish, stajirovkalar va qisqa muddatli o’quv kurslari va talabalarning almashinuv dasturlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” jamg’armasi, Yevropa Ittifoqi, Rossiya, AQSH va boshqa ko’plab davlatlar tomonidan e’lon qilinadigan grant va stipendiya dasturlarida qatnashish borasida tavsiyalar berishdi. Talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxasislar tomonidan javoblar olishdi.
"Yer resurslari va kadastr" fakultetining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini H.Eshova axboroti