13.12.2022
Joriy yilning 6 - 7-dekabr kunlarida Oʼzbekiston davlat drama teatrida Oʼzbekiston xalq shoiri, Oʼzbekiston qahramoni Аbdulla Oripovning 80 yilligiga bagʼishlangan, dramaturg Uchqun Oʼsarov qalamiga mansub, yosh, iqtidorli rejissor Rasuljon Togʼayqulov tomonidan sahnalashtirilgan "Yillar armoni" spektakli boʼlib oʼtdi. Ushbu spektaklda unversitetimizning bir qator fakultetlari talabalari ishtirok etishdi. Ular qatorida "Yer resurslarini boshqarish fakulteti" jamoasi va talaba-yoshlari tomoshabin sifatida ishtirok etishdi. Shuni aytish joyizki, Аbdulla Oripov chin maʼnoda o'zbek xalqining zabardast shoiri edi. Uning har bir sheʼri vatanni madh etgan. Bugungi spektaklda ham shoirni bu yorug' dunyoga kelishi, bolaligi, talabalik davri hamda ijodga ming bir mashaqqatlar bilan kerib kelishi aktiyorlarimiz tomonidan juda chiroyli sahnalashtirilgan. Barcha tomoshabinlar talaba-yoshlar ushbu spektakldan katta taassurotlar bilan qaytishdi.
“Yer resurslarini boshqarish” fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini H.Eshova