ONA VATANGA SODIQLIK QASAMYODI

 TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO'JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI harbiy kafedrasida 2018- yil 8- iyun kuni kafedrada tahsil olgan kursantlarning harbiy qasamyod qabul qilishga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda TIQXMMI rektori O’.P Umurzakov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.Mirzayev , harbiy kafedra mudiri, polkovnik R.Menlishov, kafedra o‘qituvchilari, institut talabalari, ota-onalar va kursantlarning yaqin do‘stlari hamda qarindoshlari ishtirok etdilar.

Tantanani institut rektori O’.P Umurzakov ochib, barcha kursantlarni va ularning yaqinlarini mazkur shodiyona kun bilan chin dildan qutladi. U tabrik nutqida ushbu tantanali kunni – ona diyorimizga sadoqat kuni deb atab, barcha bitiruvchilarni nafaqat harbiy bilim va ko‘nikmalarni puxta egallagan, mashqlarda toblangan mard va jasur kursant, balki har lahza xushyor va ogoh turguvchi , tinchlik-osoyishtalik uchun tolmas kurashchi ekanliklarini ta’kidladi. Ularga sharafli va muqaddas burchlarini ado etishda kuch-g‘ayrat va matonat tiladi.