Hozirgi kunda yer yuzida mavjud davlatlarning deyarli barchasi o‘zlarining erkin siyosati, tili, davlat ramzlariga ega. Ammo ularning hammasi ham o‘z konstitutsiyasiga ega emas. Milliy ramzlar qatorida tilga olinadigan konstitutsiyaga bizning mamlakatimiz ham ega ekanligi bizning baxtimiz albatta. Ulug’ ajdodlarimizning asriy armonlari, erkin xayot, farovon jamiyat va adolatli davlat barpo etishdek eng ezgu tilaklar va ulug’ orzularini o’zida mujassam etgan Davlatimiz Konstitutsiyasi barcha qabul qilinadigan qonunlar va me'yoriy hujjatlar uchun mustahkam asos va dasturilamal bo’lib xizmat qilmoqda. 5-dekabr Konstitutsiyamizning 28 yilligiga bag‘ishlab O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi yoshlar o'rtasida sport musobaqalari tashkil etildi. Bu sport musobaqalarida institutimizning "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti 1- kurs 103-guruh talabalari va guruh rahbari bilan birgalikda qatnashib yuqori natijalarga erishdilar. Tadbir so'ngida yoshlarga esdalik uchun sovg'a salomlar topshirildi.
TIQXMMI matbuot xizmati