Moskva davlat yer tuzish universitetida institutimiz o‘qituvchilari malaka oshirishmoqda

Institutimizning ikki nafar Uspankulov B.M. (15.09.2019 dan 15.12.2019 gacha), Inamov A.N. (24.11.2019 dan 28.12.2019 gacha) va Buxoro filialining bir nafar Xudoyberdiev F.Sh. (01.12.2019 dan 31.12.2019 gacha) professor o‘qituvchilari Moskva davlat yer tuzish universitetida soha mutaxassisligi bo‘yicha malaka oshirishmoqda.

Malaka oshirish mobaynida "Geodeziya va geoinformatika", "Kartografiya", "Yerdan foydalanish va yer kadastri", "Shaxarsozlik kadastri" hamda "Yer tuzish" kafedralarining tajribalari o‘rganildi. Jumladan, Institutimizning professor-o‘qituvchilari Geodeziya laboratoriyasi mudiri S.V.Kovalev boshchiligida geodezik qurilmalarga tuzatma berish va yustirovkalash jarayonida be’vosita qatnashishdi.

Bundan tashqari xodilarimiz tomonidan "O‘zbekistonda davlat kadastrlarini yuritishda GIS texnologiyalarini qo‘llash" mavzusida ochiq dars (seminar trening, master klass) tashkil qilindi.

Balandlik tizimini o‘rganish maqsadida, 1824 yilda Futshtok oroli XVII asr o‘rtalarida Buyuk Pyotr birinchi kashf etgan orolga ilk bor o‘rnatilgan nolinchi balandlik borib o‘rganildi va tadqiqotlar olib borildi.

Shu bilan birgalikda, 1839 yilda tashkil etilgan Pulkova astronomik observatoriyasida faoliyat yuritayotgan bir qator olim va mutaxassislar bilan davra suxbatlari o‘tkazildi.

10 dekabrda bo‘lib o‘tgan "Moskda davlat yer tuzish universiteti" yer tuzish fakultetining 100 yilligiga bag‘shlangan xalqaro konferensiyada ilmiy maqolalar bilan faol ishtirok etildi. Shu bilan birgalikda, Xalqaro ishlar bo‘yicha prorektor prof. V.I.Nilipovskiy, yerdan foydalanish va kadastr kafedrasi mudiri prof. S.A.Galchenko, kartografiya kafedrasi mudiri prof. V.P.Raklov, geodeziya va geoinformatika kafedrasi mudiri prof. V.N.Baranovlar bilan davra suxbatlari o‘tkazildi va “Er tuzish tarixi” nomli universitet muzeyiga sayohat uyushtirildi.

Xozirda malaka oshirish jarayoni davom etmoqda.