Innovatsion tadqiqotlar markaziga tashrif

Yoshlarni ilm-fanga va innovatsion tadqiqotlarga qiziqishini oshirish, mamlakatimizda innovatsion rivojlanish sohasidagi yutuqlar bilan tanishtirish maqsadida “Yer resurslarini boshqarish” fakultetining bir guruh iqtidorli talabalari va 1-bosqich talabalari guruh murabbiy V.Axmadaliyev va fakultet dekani Sh.Narbayev bilan birgalikda Innovatsion rivojlanish vazirligining Innovatsion tadqiqotlar markaziga tashrif buyurishdi. Ekskursiya davomida talabalar Innovatsion tadqiqotlar markazida olib borilayotgan tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalar bilan tanishishdi. Ayniqsa kasb sohasi yaqin bo'lgan tadqiqotlar “Sun'iy yo'ldosh” orqali masofadan olib boriladigan tadqiqotlar, IT tadqiqotlari markazida maxsus dasturiy ta'minotlarni yaratish kabi markazlar faoliyatini o'rganishda hamda o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Bundan tashqari robototexnika, avtomatika va boshqa innovatsion markazlar faoliyati bilan tanishishdi.

TIQXMMI matbuot xizmati