Talaba qizlar tashabbuskorligi

14 yanvar kuni "Yer resurslarini boshqarish" fakultetining faol, iqtidorli  talaba-qizlari tashabbusi bilan nafaqat fakultetning professor-o‘qituvchilari va talaba-yigitlarini, butun institutimizning professor-o‘qituvchilari, hurmatli prorektorlarimiz hamda barcha fakultetlarimiz dekanlarini harbiy libos kiyib tabriklashdi. Kechki vaqt 1-talabalar turar joyida fakultet rahbariyati hamda talaba-qizlari tashabbuslari bilan talaba-yigitlarimiz uchun osh  dasturxoni yozildi. Shu bilan birga talabalarimiz uchun ajoyib bayram tadbiri tashkillashtirildi.

Unda so‘zga chiqqan fakultet dekani Sh.Narbayev hamda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini H.Eshova barcha yigitlarni bayram bilan tabriklashdi. Tadbirda iqtidorli talabalarimiz tomonidan ajoyib kuy- qo‘shiqlar yangradi. Tadbir juda qiziqarli va maroqli bo‘lib o‘tdi. Biz ham sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbdan muborakbod etamiz. Sizlarni va oila a’zolaringizni, yaqinlaringizni butun xalqimiz tomonidan keng nishonlanayotgan sharafli bayramingiz bilan qutlaymiz! Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, olijanob va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan yutuqlar tilaymiz.

YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti

Institut matbuot xizmati rahbari Rahimboy Jumaniyozov