«Davlat kadastrlari» fanidan fan olimpiadasi

4 ta fan bo‘yicha talabalar fan olimpiadasi respublika II bosqichiga mezbonlik qilmoqda. Jumladan, “Davlat kadastrlari” mutaxassislik fanidan talabalar fan olimpiadasi respublika II bosqichi 15-16 may kunlari o‘tkazildi. 15-may kuni fan olimpiadasining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Shu asnoda sinovlarga start berildi. Respublikamizning barcha hududlaridan jami 6 ta  OTMlardan ishtirokchilar qatnashdi. 

Respublika fan olimpiadasining ikkinchi bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi. Kunning ikkinchi yarmida olimpiadaning dastlabki ikki turi bo‘yicha sinovlar o‘tkazildi.

Institutimiz tomonidan ishtirokchi talaba va ularning ilmiy rahbarlariga institut oshxonasida tushliklar tashkil etildi.

Olimpiadaning birinchi kuni yakunida madaniy tadbir tashkil etilib barcha ishtirokchilar Muqimiy nomidagi musiqali va drama teatriga tashrif buyurishdi.

16-may kuni talabalar fan olimpiadaning ikki turi ya’ni, Yozma ish va amaliy topshiriqni bajarish shartlari bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar.

 Sinovlar yakunida hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan 4 tur natijalari tekshirilib g‘oliblar aniqlandi. 

1 Alimbayev Joldas Quanishbek o‘g‘li TIQXMMI Ismonov Shukrilloxon Rustamxon o‘g‘li “Davlat kadastrlari” kafedrasi assistenti.
2 Axmedova Madina G‘ayrat qizi Samarqand Davlat Arxitektura qurilish instituti Jo‘raqulov Doniyor Ochilovich “Bino va inshootlar kadastri” kafedrasi t.f.n. dotsenti
3 Jo‘rayev Qurbon Hafiz o‘g‘li TIQXMMI Buxoro filiali Hamidov Fayzullo Ramazonovich “Yer tuzish va yer kadastri” kafedrasi dotsenti  Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor T.Z.Sultonov natijalarni e’lon qilib, barcha ishtirokchilar institutimiz tomonidan taqdim etilgan esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi.

 Olimpiadani yakuniga yetganini ta’kidlab barchaga omad va zafarlar tiladilar.

“Davlat kadastrlari” kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi Sh.Ismonov axboroti 
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov