Ustoz-shogird an'anasi davomiyligini mustahkamlash

Davlatimiz rahbari “O’qituvchilar va murabbiylar kuni” munosabati bilan so’zlagan nutqida ustozlarimizni bayram bilan samimiy tabriklab, “Darhaqiqat, millionlab farzandlarimiz qalbiga ilm-fan ziyosini singdirib, ularni el-yurtga munosib insonlar etib tarbiyalayotgan zahmatkash va olijanob ustozlarimizga har qancha tahsinlar aytsak, arziydi” deb e’tirof etdi va keyingi yillarda yurtimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, yangi O’zbekistonni yaratish maqsadida barcha sohalar qatori ta’lim tizimida ham tub islohotlar olib borilayotganiga to’xtalib, “Biz keng ko’lamli demokratik o’zgarishlar, jumladan, ta’lim islohotlari orqali O’zbekistonda yangi Uyg’onish davri, ya’ni Uchinchi Renessans poydevorini yaratishni o’zimizga asosiy maqsad qilib belgiladik.

Bu haqda gapirar ekanmiz, avvalo, uchinchi Renessansning mazmun-mohiyatini har birimiz, butun jamiyatimiz chuqur anglab olishi kerak” - deb ta’kidlab o’tdilar. Shu maqsadda Institutimizda ham keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda, jumladan, 19 dekabr kuni “Yer resurlarini boshqarish” fakulteti yosh stajyor o'qituvchilari bilan O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori texnika fanlari doktori, professor X.B.Alimovich va fakultet dekani bilan samimiy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda fakultetning 7 ta yosh stajyor o'qituvchilari qatnashib va "Ustoz shogird" tizimini rivojlantirish va ma'ruza darslariga birgalikda qatnashib yoshlarni bilim va ko'nikmalarini mustahkamlash bo'yicha maslahatlar berilib yo'l xaritasi tuzildi.

TIQXMMI matbuot xizmati