TIQXMMI rektori O`.P.Umurzakov tomonidan tashakkurnoma

9-fevral kuni institutimiz A-203 xonasida  fakultetimiz 2-kurs talabalari o`rtasida 2017-2018 o`quv yilining kuzgi davrasini namunali xulqi hamda a’lo reyting ballariga yakunlagaligi munosabati bilan fakultetning 36 nafar talabalarning ota-onalari nomiga shaxsan TIQXMMI rektori O`.P.Umurzakov tomonidan tashakkurnoma berildi.

Taqdirlash marosimida Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo’yicha prorektor A.J. Isakov, fakultetimiz dekani Z. Muqimov, dekan muovini S.Xikmatullayev, kafedra mudirlari Q.Raxmonov,  A.Babajonov hamda guruh murabbiylari ishtirok etishdi.

Ota – onalarga shunday ibratli, intizomli farzandni tarbiyalaganligi uchun o`z minnatdorchiligimizni bildiramiz!!!

“Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi assistenti O’tkir Pirmetovich Islomov axboroti