Davlat kadastrlari

"Davlat kadastrlari "kafedrasi mudiri, i.f.n, dotsent

Raxmonov Qosimjon  

Теl: 71/237-09-68

Email:q.raxmonov@tiiame.uz

 

 

 

"Davlat kadastrlari "kafedrasi «Qishloq aholi yashash joylarini loyihalash va obodonlashtirish» nomi bilan 1949 yilda fakultetning asosiy ixtisoslashgan kafedralaridan biri sifatida tashkil etilgan. 1949 yildan 1982 yilgacha unga yetakchilik qilgan «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yer tuzuvchi», i.f.d., professor P.K.Taturning xizmatlari kafedrani tashkil etish va har tomonlama mustahkamlashda benihoya katta bo‘lgan. 1982-1992 yillari kafedrani i.f.n dotsent B.I.Sibizov, 1992-1999 yillari i.f.n. dotsent A.R.Bobojonov, 2000-2004 yillari t.f.n. dotsent I.M.Musayev boshqarganlar. Kafedraning keyingi yillarda rivojlanishi va kamol topishida unda faoliyat ko‘rsatgan va ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilardan i.f.d., professor A.S.Chertoviskiy, i.f.n, V.V. Beshenov, i.f.n. dotsent K.R.Rahmonov, katta o‘qituvchi T.I.Ismoilov, dotsent P.M. Kunyavskiylarning xizmatlari kattadir. 2004-2012 yilgacha kafedrani dotsent t.f.n. I.M.Musayev raxbarlik qilib keldi. 2012-2016 yilgacha kafedrada i.f.n., dotsent Q.Raxmonov yetakchilik qildi. Davlat kadastrlari kafedrasi Geodeziya va geoinformatika kafedrasidan ajralib chiqqan bo‘lib, 2017 yil 2 sentyabrdan o‘z faoliyatini boshladi. Bugungi kunda kafedrani dotsent i.f.n. Q.Raxmonov boshqarib kelmoqda. Kafedra jamoasi o‘zining diqqat e’tiborini yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash bilan bir qatorda respublikamizda amalga oshirilayotgan agrar islohatlarning asosi hisoblangan yer maydonlaridan oqilona va samarali foydalanishni tashkil etish, yer kadastri, yer resurslarini boshqarish, shuningdek talabalar o‘rtasida yuksak darajada ma’naviy-ma’rifiy ishlarni bajarishga qaratgan. Kafedrani chet mamlakatlardagi va respublikamizdagi oliy o‘quv yurtlarining turdosh kafedralari, shuningdek ishlab-chiqarish hamda ilmiy-loyihalash tashkilotlari bilan aloqalari mustahkamlanmoqda.

Yer resurslarini boshqarish fakulteti O'qitiladigan fanlar Ilmiy ishlar Tadqiqotchilar Hamkorlar Kafedra xodimlari To'garaklar Dars jadvali Aloqalar