Hamkorlar

Kafedra professor-o’qituvchilari Respublikamiz va chet eldagi bir qancha ilmiy markazlari bilan aloqalar o’rnatganlar. Jumladan Isroil davlatidagi MASHAV International Agricultural Training Center xalqaro o’quv markazi, Moskva yer tuzish universiteti, Finlandiyaning JAMK universiteti, Latviya tabiiy fanlar va texnologiyalar universiteti, Litva Qishloq xo‘jaligi akademiyasi, Qarshi muhandislik va iqtisodiyot instituti professor o’qituvchilari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib bormoqdalar va o’quv-uslubiy majmualar yaratilmoqda. Kadastr agentligi, “O’zdavyerloyiha” DILI, “Davlat kadastrlari palatasi” bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqaot ishlari olib borilmoqda. Hamkorlik natijasida talabalar ishlab chiqarish korxonalarida malakaviy va ishlab chiqarish amaliyotlarini o’tadilar, ilmiy maqolalar, o’quv qo’llanmalar va doktorlik dissertatsiyalari tayyorlanmoqda.