Ilmiy ishlar

T.r

Loyiha nomi

Loyihaning maqsad va vazifalari

1.

Yer uchastkasida sensorli chegara belgilarini o‘rnatish asosida yer kadastri axborot bazasini yaratish.

Loyiha maqsadi: Hozirgi kunda davlat chegaralarini mavjudligidan boshqa holatlarda yer uchastkalarining chegara belgilari amalda mavjud emas. Ushbu holat evaziga har bir tumanda minglab yer qonunchiligini buzilish holatlari, turli hil nizolar, yer - axborotlarining noaniqligi va ularga bo‘lgan ishonchsizlik, yerdan foydalanuvchilar tomonidan o‘zboshimchalik bilan maydonlarni egallash kabi salbiy jarayonlar davom etmoqda.

Respublikamizda xozirgi davrda O‘zbekistonning 44.9 mln gektardan iborat yer fondi 6.6 mln yer uchastkasi va davlat zahira yerlariga taqsimlangan holda foydalanib kelinmoqda. Albatta, yer uchastkalari yerdan foydalanuvchi sub’ektlar tasarrufida bo‘lib ularning umumiy soni 6 mln atrofida. Dunyo tajribasida yer nazoratini eng tajribali yechimi xozirgacha mavjud emas edi. Ushbu innovatsion g‘oyaning amaliy yechimi birinchi marta O‘zbekiston misolida joriy etish imkoniyati yaratilmoqda.

Loyihaning mazmuni: Sensorli chegara belgilarini o‘rnatish asosida yerdan foydalanishni tashkil etish yer kadastrini aniq, ishonchli manbalarga asoslanib o‘tkazish imkoniyati paydo bo‘ladi. Chegara belgilarini o‘rnatish xarajatlari an’anaviy xolatga taqqoslanganda 2-3 barobar samara berishi kuzatiladi.