“Davlat kadastrlari” kafedrasida “Yosh kadastrchilar” to‘garagi tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunda 3 kurs “Yer tuzish va yer kadastri” bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi talabalari jalb etilgan. To‘garak ishtirokchilari Davlat kadastrlari yagona tizimi tarkibiga kiruvchi 21 ta kadastr turi to‘g‘risida, ularning xuquqiy asoslari, kadastr ishlarida qo‘llaniladigan zamonaviy texnologiyalar, dasturlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Kafedradagi barcha professor – o‘qituvchilar to‘garakga a’zo talabalarga biriktirilib, to‘garak ish rejasi, mashg‘ulotlarni olib borish grafigi tuzilgan. Mashg‘ulotlar grafigiga asosan to‘garak a’zolari uchun xaftaning juma kunlari 16:00 dan 18:00 gacha 5- bino 202- xonada mashg‘ulot o‘tkaziladi. To‘garak mas’ul rahbari Davlat kadastrlari kafedrasi mudiri i.f.n., dotsent Q.Raxmonov, telefon raqam:+998(71) 237-09-68