Kafedrada professor-oʻqituvchilar Respublikamiz va chet eldagi bir qancha ilmiy markazlar bilan ilmiy aloqalar oʻrnatganlar. Jumladan, Oʻzbekiston Milliy universiteti, Toshkent Davlat texnika universiteti, Toshkent arxitektura va qurilish instituti mutaxassislari va professor-oʻqituvchilari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda hamda oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar yaratilmoqda.
Shvetsiya Qirollik texnik universiteti, Vengriya, Avstriya universitetlari bilan hamkorlikda xalqaro taʼlim dasturi loyihasi doirasida institutda zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan ilmiy markaz tashkil etildi. Ushbu xamkorlik dasturi boʻyicha “Geodeziya va kartografiya(geoinformatika)” magistratura mutaxassisligi ochildi va davlat taʼlim standartlari, oʻquv reja, fan dasturlari hamda oʻquv qoʻllanmalar ishlab chiqildi. 2015 yilda kafedra Ozarbayjon Respublikasi Boku Davlat universiteti bilan, 2017 yil Moskva Geodeziya va kartografiya universitetlari bilan xalqaro hamkorlik shartnomasini tuzdi. Hozirgacha ushbu universitetlar bilan hamkorlikda dissertatsiya tayyorlash bo’yicha munozaralar, ilmiy konferensiyalarda ma’ruza bilan qatnashishi va ilmiy maqolalar chop etilishi bo’yicha olib borilmoqda.