Ishga joylashish

Fakultet ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriaturani tomomlagan talabalarni mutaxassisliklari bo‘yicha korxona va tashkilotlarga ishga taqsimlanib kelinmoqda. Fakultet bitiruvchilarini ishga taqsimlash bo‘yicha 2021 yil fevral oyida yarmarka tashkil qilindi. Yarmarkada Qishloq va suv xo‘jaligi Vazirligi tizimidagi boshqarmalar, korxonalar va tashkilotlar ishtirok etishdi. Fakultetni bitiruvchilar asosan O‘zbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” Davlat qo‘mitasi tizimiga va kasb-qunar kollejlariga ishga taqsimlandi. Fakultet ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 2021 yilda bitiruvchi talabalarning institut rahbariyati bilan ushrashuvi 2021 yil 11 may kuni tashkil etildi. O‘quv yilida davlat granti asosida bitirgan 55 nafar talabaning barchasi, shartnoma asosida bitirgan 110 nafar talabalarning esa o‘zlari tomonidan tuzib kelingan shartnomalarga ko‘ra va korxonalar so‘rovnomalariga ko‘ra ishga taqsimlandi va yo‘llanmalar berildi.