Muqaddaslik va mangulik mezonlari

img

09.05.2023

Muqaddaslik va mangulik mezonlari

Bugun "Yer resurslari va kadastr" fakulteti 101 va 105 guruh talabalari bilan  "Xotira va qadrlash kuni" munosabati tufayli universitetimiz hududida joylashgan Abdulla Oripov bog‘ida shoirning xotirasini yod etib talabalar bilan mushoira tashkillashtirdik.

Shoirning hayoti va ijodi haqida dildan suhbatlashib, uning qalamiga mansub bo‘lgan  vatan g‘alabasi, urush oqibatlari hamda inson qadri va xotirasi mavzulariga oid she’rlaridan o‘qidik. D.Egamova o‘qigan ulug‘ shoir qalamiga mansub "XOTIROT" nomli she’r hammaga birdek manzur bo‘ldi.    

      YeRK fakulteti tyutori D. Egamova axboroti