Joriy yilning 20 - sentabr kuni 3 - o'quv zalida YeRB fakulteti 1-kurs talabalari bilan universitet psixologi va Xor jamoasi rahbari M.K.Muxamedova, YeRB fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini H.Eshova, YeRB fakulteti tyutori D.Egamovalar hamkorlikda tadbir tashkil etishdi. Tadbir talabalarga musiqa orqali Vatanga, Oilaga va Oliygohimizga nisbatan muhabbat hissini kuchaytirish, vokal san'ati orqali kayfiyatni pozitiv notaga sozlash malakasini shakllantirish maqsadida tashkil etildi. Musiqaga mehr inson qalbida ilk bor onalarimiz aytgan alla orqali uyg'onadi.
Atoqli alloma Abu Nasr Forobiy musiqaga inson axloqini tarbiyalovchi, sihat-salomatligini mustahkamlovchi vosita deb qaragan. Demak, yuqoridagi fikrlardan xulosa qiladigan bo'lsak, musiqa insonni ruhan yuksalishiga, axloqiga va salomatligiga kuchli ta'sir qiluvchi vosita ekan. Biz ham barcha oliygohimiz talabalari qalbida musiqaga mehr uyg'otib, ularning ma'naviy yuksalishiga hissa qo'shishni o'z burchimiz deb hisoblaymiz.
YRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan muovini H.Eshova axboroti