TTJ da tashkil etilgan talabalar kengashi faollari doimiy ravishda talabalar turar joyida tartib - intizomni saqlashda kamarbasta ekanligi, sanitar-gigienik holatini saqlash boʼyicha talabalarga tushuntirish ishlari olib borildi. Ushbu talabalar oʼzlariga biriktirilgan xonalarda barcha sharoyitlar qilingan, xonalar gigienik jihatdan toza va saranjom sarishta. Talabalarimiz uchun fakultetga qarashli akademik litsey yotoqxonasida barcha sharoitlar mavjud bo‘lib, shuningdek, maʼnaviyat xonasida dars tayyorlash hamda madaniy hordiq chiqarishlari uchun televizor, kitob va gazeta, jurnallar ham bor. Talaba-yoshlarimizdan faqat tartib-intizom, xona va oshxonalarni ozoda tutishlari talab qilinadi, xolos.
YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H. Eshova axboroti