Xotirlash va xotirlanish qiymati

img

03.05.2023

Xotirlash va xotirlanish qiymati

Bugun YeRK fakulteti 104- guruh talabalari bilan Shahidlar maydoniga tashrif uyushtirdik. Shahidlar xotirasi yodgorlik majmui - Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi Bo‘zsuv kanali bo‘yida Amir Temur shoh ko‘chasi bo‘ylab joylashgan. Majmua barpo etilgan joy XX asr 40- yillariga qadar Toshkent shahrining xilvat joyi bo‘lgan, 40- yillarda xuddi shu joydagi 3 ta qatlgohda sho‘rolar tomonidan millatning ilg‘or vakillari, begunoh vatandoshlar qatl qilingan.

Qatag‘on qurbonlari xotirasiga bag‘ishlab sobiq qatlgoh o‘rniga Shahidlar xotirasi yodgorlik majmui O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I. Karimov tashabbusi bilan 2000 yil bunyod etilgan. Shuningdek, 2002 yilda shu xududda qad ko‘targan “Qatog‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi majmuaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Talaba yoshlar bilan o‘tganlar ruhini yod etib, duolar qilib qaytdik.    

YeRK fakulteti tyutori D. Egamova axboroti