Bugun bahorning ilk kuni. Bu sana xalqimizning taniqli shoirasi Zulfiya Isroilova tavallud topgan kun ekanligi bilan yanada ahamiyatlidir. Taniqli jamoat arbobi, sadoqat va vafo kuychisi, Oʼzbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonimning 107 yilligi yurtimiz boʼylab keng nishonlanmoqda.
Shu munosabat bilan bugun "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H.Eshova, “Yerdan foydalanish” kafedrasi katta oʼqituvchisi fakultet xotin-qizlar kengashi raisi Z.Xafizova hamda fakultet tyutorlari D.Xursandova, M.Vafoeva, S.Ibragimov, M.Masharipovlar tashabbusi bilan "Аdiblar hiyoboni"da joylashgan Zulfiyaxonim haykali oldida shoira tavalludiga bagʼishlangan tadbir tashkil qilindi.
Ushbu tadbirda Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan madaniyat xodimi shoira Zulfiya Moʼminova ham ishtirok etdi. Zulfiyaxonimning yuksak insoniy fazilatlari bugun ham yoshlar uchun ibrat boʼlib xizmat qiladi, – deydi shoira Zulfiya Moʼminova. – Uning sermahsul ijodi, goʼzal sheʼriyatini barcha adabiyot ixlosmandlari sevib oʼqiydi.
Shoiraning adabiy merosi nihoyatda boy. Oʼnlab kitoblari oʼzbek adabiyoti xazinasidan mustahkam oʼrin olgan. U koʼplab taniqli xorij ijodkorlari asarlarini oʼzbek tiliga mahorat bilan oʼgirgan. Zulfiya nafaqat badiiy ijodi bilan, ayni paytda oʼzbek ayoliga xos vafo va sadoqat timsoli sifatida ham xalqimiz mehrini qozongandir deb talaba-qizlarimizga maʼlumotlar berib oʼtdi. Tadbir doirasida talaba-qizlarimiz Zulfiyaxonim qalamiga mansub sheʼrlaridan o‘qib yigʼilganlarni xushnud etishdi. Zulfiyaxonim haykali poyiga gulchambar qoʼyish marosimi bilan boshlangan tadbir barcha talaba-qizlarimizga manzur boʼldi.
Shuningdek, tadbir soʼngida fakultet jamoasi Аbdulla Oripov haykali poyiga ham gullar qoʼyishdi.
YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti