Ko‘rish va kuzatish hamda bilish va anglash insonning ma’rifiy dunyosini boyitadi, voqelikka o‘zgacha nazar bilan qarash hissini shakllantiradi. Bu borada tarixiy qadamjo va muzeylarga borish va tanishishning imkoniyati katta. Talabalarning muzey va turli ziyoratgohlarga borishi an’ana tusini olayotgani quvonarlidir.
Joriy yilning 9 noyabr kuni "Yer resurslarini boshqarish fakulteti" 4-bosqich 8-guruh talabalari yozuvchi Sergey Petrovich Borodin muzeyiga tashrif buyurdilar. Muzey direktori sanatshunos Gulchehra Obidova S. Borodinning hayoti va faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tdi. Shuningdek, tarixiy romanlari bilan mashhur va manzur bo‘lgan yozuvchining hayot yo‘li borasida qiziqarli va ibratli ma’lumotlarni keltirib o‘tdilar. Uning romanlari qaysidir ma’noda moziy muhri, tarixga oshna va tashna qalb o‘rnida doimo yodimizda saqlanajak. Sayohat, muzeydagi eksponatlar talabalarda yorqin taassurot qoldirdi.
Guruh murabbiylari Zulfiya Xafizova va Abdug‘ani Muqumovlar axboroti
Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov