2023 - 2024 yilda "Tuproqshunoslik va dehqonchilik"kafedrasi institut ilmiy - tadqiqot ishlarining rejasiga binoan TIQXMMI MTU 50 gektar maydonda tuproq tahlillari va 2ta davlat byudjeti mavzulari bo`yicha ilmiy tadqiqot ishlari bajarilmoqda. Institut ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan "Tog’ va tog’ oldi tuproqlariga eroziya jarayonlarini ta`sirini o`rganish"mavzu bo`yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish rejalashtirilgan.
Ilmiy ishning maqsadi va vazifasi:
Tuproq resurslari maydon va sifat jihatidan cheklangan. Ularning hozirgi holati xavotirga solmoqda, chunki so`ngi 30-50 yil ichida tuproq chirindi va ozuqa moddalarga boy bo`lib, sho`rlanish, suv va shamol eroziyasi, og’ir metallar va agrokimyoviy moddalar bilan ifloslangan. Ortiqcha sho`rhoklanish sodir bo`lmoqda, tuproq xususiyatlari yomonlashib uning biologik faolligi pasayadi va privardida tuproq unumdorligi pasayadi. Tuproqlarni eroziyadan himoya qilish, unumdorligini oshirish muammosi global muammolardan biridir. Tuproqni eroziyadan himoya qilish muammosi dunyoning qurg’oqchil zonasidagi ko`plab davlatlar, shu jumladan O`zbekiston uchun ham dolzarbdir. Hozirgi vaqtda respublikaning umumiy maydoni 44896,9 ming gektarni, qishloq xo`jaligiga mo`ljallangan yerlar 20388,8 ming gektarni tashkil etadi, shundan 4700 ming gektardan ko`prog’i tog’va tog’ oldi xududlarda tarqalgan. Ushbu eroziyaga xavfli xajmdagi erlar lalmi yoki yaylovlarda namayon bo`ladi. Bó erlarda rel'efni baland pastligi, qiyalik darajalarni yuqoriligi, daraxt va o`rmonlarni kesilishi hamda chorva mollarini tartibsiz boqilishi natijasida suv eroziyasi rivojlanadi. Respublikaning sug’oriladigan erlari 4312,4 ming gektarni tashkil etadi, shundan 682 ming gektar yoki sug’oriladigan tuproqlarning 20 foizida irrigatsion eroziya kuzatilmoqda (O`zbekiston respublikasining 2017 yildagi holati va yer resurslaridan foydalanish to`g’risidagi milliy ma`ruza). Eroziya jarayonlari natijasida 30-60% gacha va undan ko`p foydalaniladigan quyosh energiyasi yo`qoladi va tuproqning faolligi, biologik jarayonlar, unumdorlik darajasi quyoshning to`plangan energiya zaxirasi bilan bog’liqligini hisobga olsak, eroziyani ekotizimga etkazadigan zarar darajasi to`g’risida xulosa qilishimiz mumkin.