Joriy yilning 22 sentabr kuni Universitetimizning "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti 1- bosqich talabalari uchun tanishtiruv yig'ilishi bolib o'tdi. Unda fakultetning yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan muovini H.Eshova, fakultet tyutori A.Xayitovalar fakultet yoshlar ittifoqi yetakchisi X.Tojiyev hamda yoshlar ittifoqi kengashi jamoasi ishtirok etdi. Uchrashuvda fakultetimizda Yoshlar Ittifoqining oʻrni, vazifalari, asosiy maqsadi va talabalarga beriladigan imkoniyatlar haqida qisqacha maʼlumotlar berib oʻtildi. Ushbu uchrashuvdan koʻzlangan asosiy maqsad talaba yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan. Bugungi yig'ilishdan talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga ham javob oldilar. Shuningdek, 1 - kurslarga oliygoh bo'ylab sayohat ham tashkillashtirildi.
YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H. Eshova axboroti