Tashabbuskor talabalar taqdirlanishdi

Bugungi kunda yoshlarimiz bir qator yaxshi gʼoyalar, loyihalarni amalga oshirmoqdalar. Ular orasida har tomonlama isteʼdodli yoshlarimiz ham juda koʼp. Bugun ana shunday iqtidorli, tashabbuskor talaba-yoshlarni ragʼbatlantirish, maqsadida "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti faollar zalida taqdirlash marosimi oʼtkazildi.

Ushbu ragʼbatlantirish “Navroʼz” bayram arafasida talabalarni taʼtilga chiqishlariga rejalashtirildi. Bu kabi ragʼbatlantirish universitet rahbariyatining eng ezgu anʼanasiga aylangan. Аytib oʼtish joizki, bugungi kunda fakultetda tahsil olayotgan har bir talaba iqtidorli, ular orasida oʼzining har tomonlama tashabbuskorligi bilan ajralib turadigan iste'dodli tashabbuskor hamda ilgʼor guruh sardori aʼlo baholari, jamoat ishlarida faol, oʼzi oʼqiyotgan guruhning chin maʼnodagi yetakchisi boʼlgan guruh sardorlari ham taqdirlandi.

Iqtidorli talabalarni fakultet dekani Sh.Narbaev, Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H.Eshovalar taqdirlandilar. Har tomonlama faʼol, iqtidorli talabalarga boʼyinbogʼlar, badiiy kitoblar taqdim etildi. Bu talabalarning ota-onalariga esa universitet rahbariyatining “Tashakkurnoma”si topshirildi.

Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimini rivojlantirish, ularni qoʼllab-quvvatlash uchun zarur sharoitlar yaratish, ulgʼayib kelayotgan yosh avlodning ilm-fanga boʼlgan intilishlarini ragʼbatlantirish, intellektual va ijodiy salohiyatini roʼyobga chiqarish borasidagi islohotlarni tizimli amalga oshirsak, oʼylaymizki, kelajagimiz porloq boʼladi.

YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini HEshova axboroti