Ilmiy ishlar

Kafedrada tayyorlangan ilmiy maqolalar Respublikamiz va chet eldagi ilmiy jurnallarda chop etilgan. Kafedra xodimlari tomonidan AQSH, Ukraina, Rossiya, Qozog’istoning ilmiy jurnallarida keyingi 10 yilda 100 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan. Shu davr ichida kafedrada 2 ta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilindi, 14 ta o‘quv qo‘llanma, 75 dan ortiq metodik ko‘rsatma, 280 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan.

Ilmiy ish mavzusi

Ishning maqsad va vazifalari

1.

Lalmi hududlarda foydalanishni tashkil etishda yer va ekin turlarini optimallashtirish

Lalmi hududlarda foydalanishni tashkil etishda yer va ekin turlarini optimallashtirish masalasini hal qilish uchun lalmi yerlar mintaqasiga qarab maxsus eksperimental ichki xo’jalik yer tuzish loyihalarini ishlab chiqish va ushbu loyihalarda yer turlari va ekin turlari maydonlarini optimallashgan miqdorlarini aniqlash va ushbu loyihalar asosida lalmi yerlardan foydalanishni tashkil etish kelgusida samara berishi asoslandi

2.

Buzilgan yerlarni rekultivatsiyalashning tashkiliy va texnik jihatlari

Buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilishning tashkiliy –texnik jihatlari zamonaviy texnologiyalarni qo’llangan holda takomillashtiriladi, buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish yo’nalishlarini belgilashda resurs tejamkor, ishlab chiqarish hajmini barqaror ko’paytirishga asoslangan samarali yo’llari ishlab chiqiladi

3.

Bog’dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo’jaliklari yerlaridan foydalanish tizimini rivojlantirish ”

 

Respublikaning Bog’dorchilikka ixtisoslashgan dehqonchilik mintaqasidagi bog’zorlar maydonlaridan foydalanishni tartibga solishga yo’naltirilgan tadqiqotlar asosida bog’zorlar maydonlarini optimallashtirish bo’yicha ilmiy amaliy tavsiyalar ishlab chiqish va yer tuzish loyiha tashkilotlariga taqdim etishdan iborat.