Tarixi

Fakultet 1945-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mehanizatsiyalash muhandislari instituti tarkibida “Yer tuzish” nomi bilan tashkil etilgan bo’lib, 2004-yildan “Yerdan foydalanish va yer kadastri”,  2018-yildan “Yer resurslarini boshqarish ” nomi bilan faoliyat koʻrsatgan. 2022 yildan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mehanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining “Yer resurslari va kadastr” fakulteti sifatida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Fakultet respublikada yer resurslarini boshqarish, yer tuzish, yer kadastri, geodeziya, geoinformatika, kartografiya va kadastr sohalari boʻyicha oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlaydigan yetakchi maskan hisoblanadi. Fakultet dastlab tashkil etilganda uning birinchi rahbari dotsent M.N.Maslov, keyinchalik esa professor P.K.Tatur, dotsentlar J.K.Baranov, V.S.Artamonov, A.N.Nazirov, A.T.Abdurazzoqov, professor A.Ramazonov, dotsent Q.Raxmonov, professor S.Avezbayev va dotsent Z.M.Muqimovlar yetakchilik qilishdilar. 2019 yildan buyon PhD, dotsent Sh.K. Narbayev fakultetga rahbarlik qilib kelmoqda. Bugungi kunda fakultetda “Yer resurslarini bosqarish”, “Geodeziya va geoinformatika”, “Davlat kadastrlari”, “Tuproqshunoslik va dehqonchilik” va “Oliy matematika” kafedralari faoliyat koʻrsatmoqda. Kafedralarda respublikamiz ravnaqi uchun oʻzining munosib hissasini qoʻshayotgan olimlar va yetuk professorlar A.Chertovitskiy, S.Avezbayev, O.Ramazanov, A.Altiyev, Q.Rahmonov, B.Xudayarov, T.Ergashev, Sh.Salomov, dotsentlar, I.Musayev, A.Babajanov, O. Xaqberdiyev, Sh.Narbayev, X.Xayitov, S.Abduraxmonov, R.Oymatov, A.Inamov, O.Ruziqulova, Sh.Shakirov, Sh.Rahmonov Sh.Boboqulov, S.Ro’ziboyev, O’. Muxtorov, V.Vaxobov, N.Yuldashev, O.Kucharov, X.Komilova, F.To’rayev, R.Egamberdiyev, O.Sindarov, J.Xayitboyeva va boshqa malakali professor-oʻqituvchilar talabalarga bilim va taʼlim-tarbiya berishmoqdalar. Fakultetda yer resurslarini bosjqarish, yer kadastri, yer tuzish,  geodeziya va kartografiya, geoinformatika va yerni masofadan zondlash yo’nalishlari boʻyicha ishlab chiqarish bilan uzviy aloqalarni yo'lga qoygan. Hamkor korxona va tashkilotlar bilan birgalikda talabalarga sifatli bilim berish, zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalangan holda o’quv mashg’ulotlari va o’quv amaliyotlarini tashkil etish  hamda professor-oʻqituvchilarning malakasini oshirish, fan-ta’lim-ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-42-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Suv xo’jaligi vazirligli, Qishloq x’jaligi vazirligi, “O’zdavyerloyiha” ilmiy-loyihalash instituti,  Iqtisidiyot va moliy vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi, O’rmon xo’jaligi agentligi va uning tizimidagi korxona va tashkilotlar bilan samarali ishlar amalga oshirilmoqda.