Maktab bitiruvchilarining fakultet boʻylab sayohati

Joriy yilning 12 - mart kuni Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani 36-oʻrta taʼlim maktab bitiruvchi sinf oʻqiuvchilari unversitetimizga tashrif buyurishdi. Maktab bitiruvchilar orasida “yer tuzish va kadastr” sohasiga qiziquvchilar ham borligi sababli, ular “Yer resurslarini boshqarish” fakultetiga ham kelishdi. Mehmonlar “Yer resurslarini boshqarish” fakulteti dekani Sh.Narbayev, yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan muovini H.Eshovalar kutib olishdi. Fakultet oʻquv binosi, oʻquv zallari, maʼruza zallari, kompyuter xonalari, kafedralar ham tanishtirildi. Sayohat soʻngida fakultetning maʼruzalar zalida universitet haqida videorolik namoyish etildi. Shuning yigʻilganlarga “Yerdan foydalanish” kafedrasi dotsenti A.Bobojonov, kafedrani katta oʻqituvchisi Z.Hafizova, “Tuproqshunoslik va dehqonchilik” kafedrasi dotsenti O.Xaqberdiyevlar oʻquvchilarni unversitet faoliyati, taʼlim yoʻnalishlari, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirishdi.

Unversitetimiz eshiklari har bir maktab bitiruvchilari uchun eshigi ochiq ekani, ular bilan kelajakda oʻrnatilgan hamkorlik yuzasidan oʻquvchilar uchun maxsus ochiq darslar tashkil etish, maktab oʻqituvchilarini  darslarni tashkil etish borasida uslubiy yordamlar berishga barchamiz tayyor deb maʼlumotlar berib oʻtdi. Oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar olishdi. Ushbu sayohatdan mamnunligi, ularga juda manzur boʻlganliklari boʻyicha fikrlar bildirishdi.

YERB fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti