04.03.2023
Oilani ham, jamiyatimizni ham birlashtirib, unga fayzu barokat kiritadigan xonadonlarimizni mehr-muhabbat, nafosat, ezgulik nuri bilan munavvar qiladigan zotlar ham aslida moʼtabar onalarimiz, munis opa- singillarimizdir. Shu sababli ham 8-martni Xalqaro xotin-qizlar kuni deb, keng nishonlaymiz. Ushbu bayram bugungi kunda yurtimizda keng nishonlanmoqda. Bugun "Yer resurslari va kadastr" fakulteti talaba-qizlarga ham bayram munosabati bilan universitetimiz rektori hurmatli professor, B.Mirzayev tomonidan yoʼllangan bayram tabrigini oʼz egalariga Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektor R.Choriyev topshirdi. Chindan ham qizlarimizning oila- jamiyatda tutgan oʼrni beqiyos.
Oqila, goʼzal ayollar oʼzlarining gʼamxoʼrligi, mehribonligi, qalbi daryoligi bilan oiladagi, qolaversa, butun jamiyatdagi muvozanatni, poklik, halollik, samimiyat va adolat muhitini saqlab turadilar. Ulugʼ donishmandlar Vatanga eng munosib taʼrif izlaganda, uni Ona siymosiga qiyos etganlarida katta maʼno bor. Dunyoda «muqaddas» degan soʼzga eng munosib zot ham – Onadir. Darhaqiqat, Onani, qizlarni eʼzozlash– bizning millatimiz, xalqimiz uchun oliy qadriyat darajasiga koʼtarilgan fazilat. Chunki ayollarni qancha ulugʼlasak, hayotimizning chirogʼi, umrimizning guli deb eʼzozlasak, demakki, oilamizni Vatanimizni eʼzozlagan boʼlamiz. Yana bir bor barcha qizlarimizni bayramlari bilan tabriklaymiz.
YeRB fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini Hurriyat Eshova axboroti