01.02.2023
Joriy yilning 31 - yanvar kuni "Yer resurslarini boshqarish" hamda "Gidrotexnika qurilishi" fakultetlari talaba-yoshlarini poytaxtimiz markazi Mirobod tumani Sayilgoh ko’chasiga joylashgan "Nevatak" o'quy markazida tashrif buyurishdi. Yoshlarga qulay sharoyit yaratish ularni ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusini talabalar orasida keng targ'ib qilish maqsadida kompyuter savodxonligini oshirish boʼyicha mahorat darsi tashkillashtirildi.
Tadbir yanada qiziqarli boʼlishi uchun blogerlar ham taklif qilinib, ular bilan qiziqarli savol-javoblar oʼtkazildi. Talabalarimiz bu tadbirdan o’zlariga kerakli bo'lgan maʼlumotlarni olish bilan bir qatorda ushbu o'quv markazida oq'ish istagi bor talabalarimiz ham bo'ldi. "Yer resurslarini boshqarish" fakulteti dekan muovini hamda fakultetlar tyutorlari tashabbusi bilan tashkil etilgan tashrif barcha talabalarga manzur bo'ldi. Аynan ular o'qiyotgan soha bo'yicha ham o'qish kerak degan xulosaga kelishdi.
“Yer resurslarini boshqarish” fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini H.Eshova axboroti