Ilmiy tadqiqot natijalari

Bugun “Yer resurslarini boshqarish” fakultetida ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkillashtirish, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, iqtidorli talaba-yoshlar bilan ishlash, ilmiy-tadqiqot natijalarini oʻquv va ishlab chiqarish jarayoniga joriy etish yuzasidan 2018 yilda amalga oshirilgan ishlar boʻyicha hisobot yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Ushbu hisobot yigʻilishida fakultet jamoasi 2018 yilda davlat byudjeti, Respublika granti va xoʻjalik shartnomasi boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarida faol ishtirok etishganligi va shu bilan birgan bajarilgan ilmiy tadqiqot ishlarining natijalarini amaliyotga va oʻquv jarayoniga tatbiq etish, ilmiy, ilmiy-pedagogik va kadrlar tayyorlash, iqtidorli talabalar bilan ishlash yoʻnalishlarida tegishli natijalarga erishilganligi toʻgʻrisida yigʻilganlarga maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, 2018 yilga moʻljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi maʼruzasida belgilangan vazifalarga muvofiq malakali kadrlar tayyorlash, barkamol yoshlarni tarbiyalash, oʻquv jarayonini maʼnaviy-maʼrifiy va ilmiy tadqiqot ishlari bilan uzviy bogʻlab olib borish, talabalarning ijodiy dunyoqarashini takomillashtirish, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, qishloq va suv xoʻjaligini isloh qilish va rivojlantirish talablariga mos keladigan mutaxassislar tayyorlanmoqda.

Shu bilan birga yigʻilishda fakultetda faoliyat olib borayotgan 4 ta kafedra, xususan “Yerdan foydalanish” kafedrasi, “Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi, Davlat kadastrlari kafedrasi, Oliy matematika kafedralari boʻyicha qilingan ishlar toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot berildi. Yigʻilish soʻngida fakultet boʻyicha bajarilgan ilmiy tadqiqot natijalari boʻyicha hisobot tasdiqlandi va 2019 yilga rejalashtirilgan ishlar muhokama qilindi.

YERB fakultetining Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari H.Eshova axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov