Tarixi

"Tuproqshunoslik va dehqonchilik" kafedrasi mudiri v.b., dotsent b.f.n

Xaqberdiyev Obid Eshniyozovich 

Теl.:  +99871-237-19-16

Email: o.xaqberdiyev_64@mail.ru

 

 


Kafedra 1940 yili tashkil etilgan va 1959 yilgacha unga professor N.I.Kurbatov rahbarlik qilgan. Birinchi yillari kafedra jamoasi 10 kishidan iborat bo‘lgan. Keyinchalik kafedra ilmiy salohiyati jihatidan ancha o‘sib Markaziy Osiyodagi yirik ilmiy markazlardan biriga aylangan.

1959-1968 yillari kafedrani professor I.F.Sukach boshqargan. U akademik S.P.Rijov bilan birgalikda «Sug‘oriladigan dehqonchilik» nomli O‘zbekiston uchun birinchi darslik kitobini tayyorladi va nashr etdi. Ushbu o‘quv dasrligi TIQXMMI hamda Markaziy Osiyo respublikalaridagi boshqa qishloq xo‘jalik oliy o‘quv yurtlarining talabalari uchun tuproqshunoslik, dehqonchilik va agronomiya bo‘yicha deyarli 20 yildan ortiq asosiy darslik bo‘lib xizmat qildi.

Kafedra mudirlari

(1940-1959)- N.I.Kurbatov, (1959-1968)-I.F.Sukach, (1968-1986)- A.Q.Qashqarov,

(1987-1991)- K.P.Paganyas, (1991-2012)- O. Ramazonov, (2012-2013)-S.S. Buriev, (2013-2014)-M. Piraxunov, (2014-2015) – A.Axatov, (2015 -2017)- S.Buriev, (2017) – A.Axatov, 2017 x.v – O.E.Xakberdiev

1968-1986 yillarda kafedraga professor Qashqarov Ahmad Qashqarovich yetakchilik qildi. A.Q.Qashqarov 1912 yilda tug‘ilgan, 1963 yilida Toshkent qishloq xo‘jalik institutini bitirgan va 30 yildan ortiq Butun ittifoq Paxtachilik ITIda ishlagan. 1964 yili A.Q.Qashqarov doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. Uning rahbarligi ostida kafedra jamoasi 1986 yil «Arid mintaqasidagi sug‘oriladigan dehqonchilik» nomli o‘quv qo‘llanmasini tayyorladi va nashr etdilar. Umuman professor A.Q.Qashqarov rahbarligida 30 nafar fan nomzodi va 4 nafar fan doktorlari tayyorlandi.

1987-1991 yillar kafedrani professor K.P.Paganyas boshqargan. U professor K.M.Mirzajonov bilan birgalikda «Erlarni eroziyadan va deflyatsiyadan muhofaza qilish» nomli kitobni nashr etdilar.

1991-2014 yillarda kafedraga professor O.R.Ramazonov, dotsentlar K.O.Egamqulov, E.A.Ziyomuhamedov, N.B.Qashqarov, S.Bo‘riev, M.Piroxunov, A.Axatov, S.Burievlar mudirlik qilganlar. 2017 yildan boshlab esa dos. O.E.Xakberdiev kafedraga rahbarlik qilmoqda. Kafedrada 1 ta professor, 2 ta dotsent, 1 ta katta o‘qituvchi, 1 ta assistent, 1 ta loborant va 1ta laboratoriya mudiri faoliyat ko‘rsatmoqda.


Yer resurslarini boshqarish fakulteti O'qitiladigan fanlar Ilmiy ishlar Tadqiqotchilar Hamkorlar Kafedra xodimlari To'garaklar Dars jadvali Aloqalar