Geodeziya va geoinformatika

“Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi mudiri, dotsent 

Oymatov Rustam Qamariddinovich

Теl.:  +99871-237-19-16

Email: r.oymatov@tiiame.uz

 

 


Kafedra «Yerdan foydalanish va yer kadastri» fakulteti tarkibida 2004 yilda oldingi «Geodeziya» va «Rer kadastri» kafedralarini birlashtirilishi natijasida tashkil etilgan bo‘lib, fakultetning asosiy ixtisoslashgan kafedralaridan biridir. E’tirof etish joizki, «Geodeziya» va «Yer kadastri» kafedralari o‘zlarining boy tarixiga ega. Jumladan, «Geodeziya» kafedrasi O‘rta Osiyo davlat universitetining tashkilotchilaridan biri, professor I.M. Lebedinskiy tomonidan 1920 yili tashkil etilgan, 1934 yili kafedra uning mudiri M.I. Maslov boshchiligida butun professor-o‘qituvchilar tarkibi bilan  TIQXMIIga berildi. 1963 yil «Geodeziya» kafedrasi ikkiga – «Injenerlik geodeziya» hamda «Aerofotogeodeziya» kafedralariga ajraldi. Davr taqozasi bilan 1989 yilda esa ushbu kafedralar qayta birlashdi.  1963 - 1976 yillari kafedrani O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yer tuzuvchi, t.f.n.dotsent  A.N.Nazirov, 1976-1985 yillari t.f.n. dotsent X.M.Muborakov, 1986-1994 yillari t.f.n. dotsent E.X.Nurmatov, 1995-2004 yillari professor S.I.Ibodullaevlar kafedrani boshqarganlar.. «Yer kadastri» kafedrasi «Qishloq aholi yashash joylarini loyihalash va obodonlashtirish» nomi bilan 1949 yilda fakultetning asosiy ixtisoslashgan kafedralaridan biri sifatida tashkil etilgan. 1949 yildan 1982 yilgacha unga yetakchilik qilgan «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yer tuzuvchi», i.f.d., professor P.K.Taturning xizmatlari kafedrani tashkil etish va har tomonlama mustahkamlashda benihoya katta bo‘lgan. 1982-1992 yillari kafedrani i.f.n dotsent  B.I.Sibizov, 1992-1999 yillari i.f.n. dotsent A.R.Bobojonov, 2000-2004 yillari t.f.n. dotsent I.M.Musaev, 2019 yildan dotsent  R.Q.Oymatov raxbarlik qilib keladi. Kafedraning keyingi yillarda rivojlanishi va kamol topishida unda faoliyat ko‘rsatgan va ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilardan i.f.d., professor A.S.Chertoviskiy, i.f.n, V.V. Beshenov, i.f.n. dotsent K.R.Rahmonov, katta o‘qituvchi T.I.Ismoilov, dotsent P.M. Kunyavskiylarning xizmatlari benihoya kattadir. 2004-2019 yilgacha kafedrani dotsent t.f.n. I.M.Musaev, 2019 yildan dotsent  R.Q.Oymatov raxbarlik qilib keladi.  2012-2016 yilgacha kafedrada i.f.n., dotsent Q.Raxmonov yetakchilik qildi. 2016 yilda kafedraning nomi “Geodeziya va geoinformatika” ga o‘zgratirildi. Bugungi kunda kafedrani dotsent R.Q.Oymatov boshqarib kelmoqda. Kafedra jamoasi o‘zining diqqat e’tiborini yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash bilan bir qatorda respublikamizda amalga oshirilayotgan agrar islohatlarning asosi hisoblangan yer maydonlaridan oqilona va samarali foydalanishni tashkil etish, yer kadastri, yer resurslarini boshqarish, geodezik ishlarni takomillashtirish yo‘nalishlarida katta xajmdagi ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishga, shuningdek talabalar o‘rtasida yuksak darajada ma’naviy-ma’rifiy ishlarni bajarishga qaratgan. Kafedrani chet mamlakatlardagi va respublikamizdagi  oliy o‘quv yurtlarining turdosh kafedralari, shuningdek ishlab-chiqarish hamda ilmiy-loyihalash tashkilotlari bilan aloqalari mustahkamlanmoqda.

Yer resurslarini boshqarish fakulteti O'qitiladigan fanlar Ilmiy ishlar Tadqiqotchilar Hamkorlar Kafedra xodimlari To'garaklar Dars jadvali Aloqalar