Hamkorlar
Kafedra o‘zining butun faoliyatini respublikamizning qator oliy o‘quv yurtlaridagi soxaga yaqin kafedralar, davlat idoralari, yirik ilmiy loyixalash tashkilotlari bilan doimiy xamkorlikda olib bormoqda, negaki u chiqaruvchi kafedra sifatida mamlakatimiz iqtisodiyoti, ijtimoiy hayoti va ekologik barqarorligini ta’minlovchi “Yer tuzish va er kadastri” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar, shuningdek, “Yer resurslaridan foydalanish va boshqarish” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlamoqda. Xususan, o‘tgan, 2018/2019 o‘quv yilida kafedrada 102 nafar “Yer tuzish va er kadastri” yo‘nalishida bakalavrlar va 10 nafar “Yer resurslaridan foydalanish va boshqarish” mutaxassisligidan magistrlar tayyorlandi.
YUqorida qayd qilingan kadrlarni tayyorlashda biz bilan ushbu kadrlar buyurtmachilari, xususan, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi vauning viloyatlardagi boshqarmalari, “O‘zdaverloyixa” respublika ilmiy loyixalash instituti xamda uning viloyatlardagi filiallari, “Geoinformkadast” davlat unitar korxonasi doimiy xamkorlik qilib kelishmoqda. Kafedrani bitirgan barcha talabalar o‘zlarining mehnat faoliyatini aynan ushbu korxonalarda yuritishadi. “Yer tuzish va er kadastri” ta’lim yo‘nalishining 3 va 4 kurs talabalari o‘zlarining ishlab chiqarish va bitiruv ishioldi amaliyotlarini aynan ushbu korxonalarda o‘tishadi. Bulardan tashqari, ushbu kurslarning qator talabalari ishlab chiqarishni o‘rganish istagida darslardan keyin ushbu korxonalarga borib ish o‘rganmoqdalar. Bundan tashqari, kafedraning professor o‘qituvchilari o‘zlarining amaliy malakalarini oshirib borishlari uchun 1 yoki 2 xaftalik stajirovkalar sifatida ushbu korxonalarga doimiy tashrif buyurib turishadi, ishlab chiqarishda bajarilayotgan ishlar bilan doimiy tanishib borishadi. Buning uchun kafedra bilan “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, “O‘zdaverloyixa” ilmiy loyixalash instituti, “Geoinformkadastr” davlat unitar korxonalari 5 yillik o‘zaro xamkorlik shartnomalarini tuzishgan.
Kafedrani xorijiy mamlakatlardagi oliy o‘quv yurtlari bilan ham xamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, kafedra Moskva davlat er tuzish universiteti bilan xamkorligi yo‘lga qo‘yilgan. O‘z vaqtida kafedra professorlari A.S.CHertovitskiy, S.A.Avezboev va dotsenti A.R.Babajanovlar ushbu universitetda aspirantura va doktoranturasida ta’lim olishgan va ushbu universitetda o‘z ximoyalarini amalga oshirishgan. Kafedrani Qarshi iqtisodiyot muxandislik institutining soxa bo‘yicha kafedrasi bilan, Samarqand davlat arxitektura qurilish institutining soxaga oid kafedrasi bilan xam xamkorlik aloqalari mavjud.
Kafedrani xamkorlik alokalari
T.r. |
Xamkor tashkilotlar |
Xamkorlik moxiyati |
1. |
Moskva davlat er tuzish universiteti |
Professor ukituvchilar stajirovkasi, malaka oshirish, ilmiy kadrlar tayyorlash |
1 |
Obuda universiteti ( Vengriya) |
Tayanch doktorantura, stajirovka, malaka oshirish |
3 |
Avstriyaning Zalsburg Universiteti (Avstriya) |
Magistratura, magistrantlar stajirovkasi, malaka oshirish |
4 |
“Uzdaverloyixa” DILI |
Ishlab chikarish amaliyoti, bitiruvishi oldi amaliyoti, birgalikda ITI bajarish |
5 |
“Geoinformkadastr” DUK |
Ishlab chikarish amaliyoti, bitiruvishi oldi amaliyoti, birgalikda ITI bajarish |
6 |
“Tuprok bonitirovkasi” shu’ba korxonasi |
Ishlab chikarish amaliyoti, bitiruvishi oldi amaliyoti, birgalikda ITI bajarish |