Tarixi
Fakultet 1945 yilda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mehanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti (“TIQXMMI” MTU) tarkibida “Yer tuzish” nomi bilan tashkil etildi. Fakultet 2004 yildan 2018 yilga qadar “Yerdan foydalanish va yer kadastri” nomi bilan faoliyat koʻrsatgan. 2018 yildan buyon “Yer resurslarini boshqarish ” nomi bilan faoliyat koʻrsatib kelmoqda.
Fakultet respublikada yer tuzish, yer kadastri, geodeziya, geoinformatika, kartografiya va kadastr sohalari boʻyicha yuqori malakali kadrlar tayyorlaydigan yetakchi maskan hisoblanadi. Fakultet dastlab tashkil etilganda uning birinchi rahbari dotsent M.N.Maslov, keyinchalik esa professor P.K.Tatur, dotsentlar J.K.Baranov, V.S.Artamonov, A.N.Nazirov, A.T.Abdurazzoqov, professor O.Ramazonov, dotsent Q.Raxmonov, professor S.Avezbayev va dotsent Z.Muqimovlar yetakchilik qilishdilar. 2019 yildan buyon PhD, dotsent Sh.Narbayev fakultetga rahbarlik qilib kelmoqda. Fakultet tarkibida dastlab bitta “Geodeziya” kafedrasi mavjud boʻlgan boʻlsa, keyingi yillarda “Yer tuzishni loyihalash”, “Qishloq aholi yashash joylarini loyihalash va obodonlashtirish”, “Aerofotogeodeziya”, “Tuproqshunoslik va dehqonchilik”, “Yer tuzish va yer munosabatlari”, “Yer kadastri”, “Kartografiya” kafedralari tashkil etilgan.
Bugungi kunda fakultetda “Yerdan foydalanish”, “Geodeziya va geoinformatika”, “Davlat kadastrlari”, “Tuproqshunoslik va dehqonchilik” va “Oliy matematika” kafedralari faoliyat koʻrsatmoqda. Kafedralarda respublikamiz ravnaqi uchun oʻzining munosib hissasini qoʻshayotgan olimlar va yetuk professorlar A.Altiyev, A.Chertoviskiy, S.Avezbayev, O.Ramazanov, B.Xudoyorov, T.Ergashev, U.Nigmadjanov, dotsentlar Q.Raxmonov, I.Musayev, A.Babajanov, O. Xaqberdiyev, Sh.Narbayev, X.Xayitov, S.Abduraxmonov, R.Oymatov, A.Inamov, O.Ro’ziqulova, Sh.Shakirov, Sh.Rahmonov Sh.Boboqulov, R.Egamberdiyev, O.Sindarov, J.Xayitboyeva, V.Vaxobov, N.Yuldashev, O.Kucharov, A.Raxmatullayev, X.Komilova, F.To’rayev va malakali oʻqituvchilar talabalarga taʼlim-tarbiya berishmoqdalar. Fakultetda yer resurslarini bosjqarish, yer kadastri, yer tuzish, geodeziya va kartografiya sohalari boʻyicha ishlab chiqarish bilan uzviy aloqalarni taʼminlash, talabalarga bilim berish va professor-oʻqituvchilarning malakasini oshirish hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shuningdek fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash maqsadida Qishloq x’jaligi vazirligi, “O’zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti, Davlat soliq qo’mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, O’rmon xo’jaligi davlat qo’mitasi va uning tizimidagi korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda oʻquv, ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda.