Bakalavriatura yo'nalishlari
60722600 – “Geodeziya va geoinformatika” |
60722600 – “Geodeziya va geoinformatika” – bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr kasbiy faoliyatining ob’ektlari: Yer va sayyoralarining yuzalari, yer va sayyoralar qahridagi sunhiy va tabiiy ob’ektlar, jumladan ulardan foydalanish va holatini nazorat qilish va boshqarish hamda ko‘chmas mulk ob’ektlari, shu jumladan shaharlar va aholi yashash puktlari chegarasidagi yer uchastkalari, foydalanishini nazorat qilishda geodeziya, kortografiya va kadastr ishlarini yuritish; geoaxborot tizimini yuritishda geodeziya, kartografiya va kadastr mahlumotlaridan foydalanish, loyiha texnik xujjatlari ulardan foydalanish va texnikaviy xizmat ko‘rsatish kabilarni o‘z ichiga oladi. |
60810600 – “Yer tuzish va yer kadastri” |
60810600 – “Yer tuzish va yer kadastri”– bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bakalavrining kasb faoliyati obhektlariga:xalq xo‘jaligining har xil tarmoqlarida foydalaniladigan yer resurslari, ularning yer fondi toifalari bo‘yicha taqsimlanishi, yerdan foydalanish va yer egaliklari, yerdan foydalanishning huquqiy holati, miqdori va sifat tavsifi, ulardan foydalanish tva holatini nazorat qilish va boshqarish hamda ko‘chmas mulk obhektlari, shu jumladan shaharlar va aholi yashash punktlari chegarasidagi yer uchastkalari, ularning huquqiy statusi, davlat ro‘yxatiga olinishi, baholanishi, foydalanishini nazorat qilish; kadastr axborot tizimlari; loyiha texnik xujjatlari. |
60722800-Кadastr (xududlar davlat kadastri) |
60722800-Kadastr (faoliyat turlari bo’yicha) ta’lim yo‘nalishi to‘g‘risida qisqacha ma’lumot Ta’lim yo‘nalishining tavsifi: Bu ta’lim yo‘nalishida bakalavrlar tayyorlovchi oliy ta’limning o‘quv reja va fan dasturi asosida amalga oshiriladi, uning nazariy va amaliy mashg‘ulotlarini to‘liq o‘zlashtirgan, yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan shaxsga “bakalavr” malakasi (darajasi) hamda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi davlat namunasidagi rasmiy hujjat(lar) beriladi. Shuningdek, elektron dastur, raqamli xaritalar va innovatsion texnologiyalar asosida kadastr axborotlarlarini yig‘ish,tizimlash, tahlil qilish, guruhlash, ularni xaqqoniyligini nazorat qilish va istemolchilarga yetkazish jarayonlarida faoliyat olib boradi |
60722700-Yerni masofaviy zondlashda innovatsion texnologiyalar |
60722700-Yerni masofaviy zondlashda innovatsion texnologiyalar - fan va texnika sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, yer va sayyoralarning shakli va o‘lchamlarini aniqlashda, Yerni masofaviy zondlashda borasida maxsus o‘lchovlar olib borish asosida Yer yuzasi va qa’ridagi boyliklarni aniqlashda, qurilish ob’ektlarini qurish va ishlatishda, mamlakatimizda karta va planlarni tuzishda distansion zondlash usularini qo‘llash va kartografik va geoaxborot tizimlarni barpo etishda masofaviy distansion zondlash, yerni modeli sifatida ilmiy va amaliy maqsadlarda, inson faoliyatining uslub va usullari bilan bog‘liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi. |