Tarixi
Altiyev Abdurashid Sultanovich
Yerdan foydalanish kafedrasi mudiri
Теl.: +99871-237-19-47
Email: a.altiyev@tiiame.uz
Kafedra 1947 yili “Yer tuzishni loyihalash”( bugungi kunda “Yerdan foydalanish”) nomi bilan tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kungacha fakultetning asosiy ixtisoslashgan kafedralaridan biri hisoblanadi. “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yer tuzuvchi” unvoniga ega bo‘lgan, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Ivan Klementevich Baranov kafedraning asoschisi va birinchi mudiri bo‘lgan. Keyingi davrlarda uning shogirdlari, iqtisod fanlari nomzodi dotsent Abdulla Toshpo‘latovich Abdurazoqov (1971-1981,1992-1994 y) va iqtisod fanlari nomzodi, dotsent, fakultetning ilk qaldirg‘ochi Reshat Abduraxmonovich Safagariyevlar (1981-1991yy.) kafedraga sidqidildan yetakchilik qilganlar.1996 yildan 2009 yilgacha kafedraga iqtisod fanlari doktori, professor Sa’dulla Avezbayev rahbarlik qilib keldi. 2008 -2010 yillarda kafedra mudiri lavozimini katta o‘qituvchi A.J.G‘ofirov bajargan bo‘lsa, 2010 yilning sentyabr oyidan 2012 yilning dekabr oyigacha kafedrani katta o‘qituvchi A.M. Muqumov, 2013-2014 yillari dotsent M.J.Tulyaganov 2015-2016 yillari yana katta o‘kituvchi A.M.Mukumov boshkargan. Bugungi kunda esa kafedrani iqtisod fanlari nomzodi, dotsent A.R.Babajanov boshkarib kelmokda. tashkil topgan 1947-60 yillarda kafedra professor-o‘qituvchilari tarkibi asosan ishlab chiqarishdan jalb qilingan yetuk mutaxassis xodimlardan (I.K.Baranov, V.S.Artomonov, N.N.Bulkin, P.M.Kulikovskiy, A.I.Shipilova) va fakultetning birinchi bitiruvchilari (R.A.Safagariyev va I.V.Yermakov) hisobidan tarkib topgan.Fakultetda birinchi bo‘lib iqtisod fanlari nomzodi ilmiy unvoniga ham aynan kafedra xodimlaridan I.K.Baranov va V.S.Artomonovlar sazovor bo‘lishgan. Bajargan ilmiy-uslubiy ishlarini, katta ilmiy-uslubiy salohiyatini hisobga olgan holda A.I.Shipilova, M.I.Mishin va P.M.Kulikovskiylarga ham birinchilar qatori dotsentlik ilmiy unvonlari berilgan.Keyingi yillar fakultetning a’lochi va iqtidorli, faol talabalari hisobiga kafedra professor-o‘qituvchilar jamoasining safi kengayib va yangilanib bordi. 1969-1980 yillar aynan shunday, serg‘ayrat mutaxassislardan hisoblangan A.T.Abdurazoqov, V.P.Kaygorodov, R.A.Safagariyev va S.A.Avezbayevlar aspiranturani muvaffaqiyatli tugatib fan nomzodligi dissertatsiyalarini yoqlaganlar. 1985-1995 yillar kafedrada faoliyat ko‘rsatayotgan olimlar safi iqtisod fanlari nomzodi dotsent A.R.Babajanov, iqtisod fanlari nomzodi dotsent Q.R.Rahmonov va qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi M.M.Azizovlar hisobiga kengaydi. 1992 yili dotsent S.A.Avezbayev Moskva shahrida (MDETU) doktoranturani muvaffaqiyatli tugatib o‘zbek farzandlaridan birinchi bo‘lib aynan yer tuzish sohasida iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasiga ega bo‘ldi. S.Avezboyev tomonidan Moskva yer tuzish universiteti rektori, Rossiya qishloq xo‘jalik akademiyasi akademigi S.N. Volkov bilan hammualliflikda “Yer tuzishni loyihalash”, “Yer tuzishning ilmiy asoslari”, “Yer tuzish iqtisodi” fanlaridan birinchi marta o‘zbek tilida darsliklar chop etildi.
Keyingi yillarda kafedra ilmiy saloxiyatini oshirish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirildi. Xususan, 90 yillarda Chertovitskiy A.S., 2018 yilda Altiyev A.S.lar doktorlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli ximoya qilishdi. Dotsent Babajanov o‘z xodimlari bilan xammualliflikda 2018 yil “Xududlarni rivojlantirish”, “Yerdan foydalanishda integratsion boshqaruv”, “Yerdan foydalanish asoslari” o‘quv qo‘llanmalarini nashr ettirdi.
Yer resurslarini boshqarish fakulteti O'qitiladigan fanlar Ilmiy ishlar Tadqiqotchilar Hamkorlar Kafedra xodimlari To'garaklar Dars jadvali Aloqalar