Iqtidorli talabalar

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida sportni rivojlantirishga va yosh sportchilarni Xalqaro miqyosda raqobatbardoshligini oshirish, jismoniy salohiyati yuqori, ruhiy tetik sportchilarni tayyorlashga katta e’tibor ko‘rsatib kelinmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni ikkinchi tashabbus aynan yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan. Yer resurslari va kadastr fakultetida sportning futbol turi bo‘yicha  “YRB Olimpic jamoasi futbol” tugaragi tashkil qilingan.  Fakultetda tashkil qilinga tugarakka iqtidorli tashabbuskor talabalarimizdan, bir nicha bor unversitet miqyosida fakultetlar o‘rtasida fudbol musobaqalarga faol ishtirok etgan  3 kurs 2 guruh talabasi Abdullaev Yusuf raxbarlik qilib kelmoqda. Ushbu tugaraning 56nafardan  ortiq azolari mavjud. https://t.me/+umDypzqPpl9iNjcy

         

Barchamizga ma’lumki Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusni ikkinchi tashabbus aynan yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur shoroitlar yaratishga yo‘naltirilgan.  Hozirgi kunda hech ikkilanmasdan aytish mumkinki, Respublikamizda mavjud barcha oliy ta’lim muassasasida sport bilan shug‘ullanishga barcha shart-sharoitlar mavjud. Ushbu sharoitlardan unumli foydalanish talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Yer resurslari va kadastr fakulteti sportning Volebol bo‘yicha “YRB Leader” to'garagi tashkil qilingan. Ushbu tugarakda sportning valebol turiga qiziqadigan talabalar jalb qilingan. Bugungi kunda bu tugarak a’zolari nafaqat unversitet miyosida Respublikalarda ham faxrli o‘rinlarni olib kelmoqda. Tugarak raxbari 3 kurs 3 guruh talabasi Quralov Farrux. Bu tugarakni bugungi kunda 50dan oshiq a’zolari bor.  https://t.me/Leader_zu

       

Bugungi kunda talaba-yoshlar orasida intiluktual saloxiyatli talabalarimiz ko‘p. Yer resurslari va kadastr fakultetida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida ularni ilimga jalb qilish uchun "Zakovat" intellektual o‘yini bo‘yicha "Taraqqiyot" “Aristokratlar” jamoasi to’garak kulubi tashkil qilingan. Unda fakultetimizning bilimga chanqoq 60 dan ziyot talaba-yoshlar azo bo‘lgan. Ular bugungi kunda unversitetimiz miqyosida o‘tkazilib kilinayotgan Zakovat o‘yinlariga faxrli o‘rinlarni olib kelishmoqda.   https://t.me/aristokratlarjamoasi1

      

Jamoda ishlayotgan faol, ibratli ayol professor-o‘qituvchilarni jalb qilgan holda talaba-qizlar o‘rtasida “Sharqona odob-axloq” va “talaba-qizlar kelajak hayotga tayyormi?” mavzularida targ‘ibot ishlarini amalga oshirish maqsadida qator tadbirlar o‘tkazilib kelinadi. “Yer resurslari va kadastr” fakultetida tashkil etilgan “Qizlarjon klubi” tashkil qilingan. Ushbu to'garakda 100dan ortiq talab-qizlar azo bo‘lgan. Ular uchun turli kashtachilik, pazandachilik, chivarchilik kabi bir qator xunarlarni o‘rganib kelmoqda. Tugarak rahbari Hafizova Zulfiya.  https://t.me/+VYINatyyUCg2MzMy

      

       

Mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish maqsadida hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan. Jumladan hukumat qarori bilan 2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi tasdiqlandi. Yer resurslari va kadastr fakultetida kitob sevar talabalarimiz uchun “Yosh ijodkorlar” to'garagi ochilgan. Ushbu tugarakka a’zo  iqtidorli, ijodkor kitob sevar talabalarimiz 40 dan oshiq. Tugarak raxbari yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini H.Eshova. https://t.me/+0N4qPR5g8mAwYTky

       

      

Bugungi kunda  unversitetimizda iktidorli talantli talaba-yoshlarimiz urtasida  "Quvnoqlar va zukkolar” terma jamoalari Respublikalarda xam faxrli urinlarni olib kelmokda. Yer resurslari va kadastr fakultetida xam   “Quvnoqlar va zukkolar” terma jamoalari shakillantirilgan. Jamoani nomi "Tavakkal"  deb nomlangan. Ularga tugarak tashkillantirilgan. To'garak raxbari 3 kurs 8 gurux talabasi Fayzullaev Xayitboy raxbarlik kilib kelmokda. Ularni telegram guruppasi xam shakillantirilgan. https://t.me/+ZgQ2Z3xlabs4NTBi

      

Kurash bilan shug‘ullangan xodimlar va talaba-yoshlar tomonidan yoshlarni ushbu sportga yanada keng jalb etish orqali sog‘lom turmush tarzini faol targ‘ib qilish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda yoshlarni «Polvonlari ko‘p yurt qudratli bo‘lur» degan yagona shior ostida birlashtirish maqsadida Yer resurslari va kadastr fakultetida "O’zbek polvonlar" nomli to’garagimiz tashkil etilgan. Bugungi kunda 50dan ziyot tala-yoshlarimiz ushbu gurux azalari xisoblanadi. Bu a'zolarimiz orasida qizlar xam bor. To'garak raxbari 3 kurs 10 gurux talabasi Tojiev Xudoyberdi. Bugungi kunda to’garak raxbari boshchiligida to’garak a’zolari Respublikalarda xam faxrli o’rinlarni olib kelmoqda. https://t.me/+wPlcnsBQ1Ss2ZDcy

       

    

Yer resurslari va kadastr fakulteti "Davlat kadastri" kafedrasida "Yosh kadastrchi" klubi tashkil etilgan. "TIQXMMI"_MTU 2022 Tashkilotchi dotsent R. Qosimov bo‘lib, unda 30 dan ortiq talabalar ishtirok etib kelishmoqda. Talabalarning soha mutaxassisi bo‘lib davlatimiz rivojiga o‘zining hissasini qo‘shishi uchun talabalarni, yetuk professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘rgatilib, tayyorlab kelishi hozirgi zamon talabiga to‘liq mos keladi. 

         

         

Yer resurslari va kadastr fakultetida "Talented Cadastres" (Iqtidorli kadastrchi) startap loyihalar bo‘yicha gurux tashkil etilgan. To‘garak rahbari O.Abdisamatov fakultet talabalariga startap loyihalarni shakllantirish bo‘yicha amaliy ko‘maklashib kelmoqda. Ko‘plab talabalar  o‘zining loyihalari bilan fikr almashib kelishmoqda. Yangi yutuqlar sari harakat qilib kelishmoqda. https://t.me/+3Avp4rw31cw3YjU6

      

    

Yer resurslari va kadastr fakulteti "Geodeziya va Geoinformatika" kafedrasida "t.me/Demogis" klubi tashkil etilgan. Klubning asosiy maqsadi talabalarni sohasi bo‘yicha ma’lumotlar berishdan iborat. Tashkilotchilar: S.Abduraxmanov va R.Oymatovlar bo‘lib, kafedraning professor-o‘qituvchilarini jalb qilgan holda fakultetimizdan 20 ortiq talabalariga o‘zlarining soha bo‘yicha bilimlarini berib kelishmoqda.

      

Biz bilamizki bushungi kunda barcha ta’lim muoassalarda prezidentimiz tashabbuslari bilan ilgari surilgan 5 tashabbus doirasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Yer resurslari va kadastr fakulteti xam xar bir tashabbus buyicha to’garaklar tashkil kilgan. Ushbu tugaraklarga talabalarni qiziqishdan kelib chikib, a’zo kilingan. To’garaklar orasida "O’zbegim raqslari" nomli to’garagimiz xam bor. To’garak raxbari Egamova Dilbar. Bugungi kunda to’garagimizda  50 dan oshik a’zolari bor. https://t.me/+NPOGrmphkX01MjIy

      

   

"Yer resurslari va kadastr" fakulteti "Geodeziya va Geoinformatika" kafedrasida https://t.me/geogis klubi tashkil etilgan. Klubning asosiy maqsadi Geodeziya geoinformatika sohalari bo‘yicha talabalarga zamonaviy geodezik asbob uskunalardan foydalanishni o‘rgatishdan iborat. Tashkilotchilar: A.Inamov, M.Rajapboev, R.Oymatov, O‘.Islamov va kafedraning professor-o‘qituvchilaridir. Hozirgi vaqtgacha 100 ortiq talabalarga mutaxassisliklari bo‘yicha bilim berib kelishmoqda.