Dekanat

Fakultet dekani

Narbayev Sharofiddin Kengeshovich

Tel: +99871-237-09-70

 
 
 
 
 
 

Sh.Narbayev 2001-2003 yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti “Yer tuzish va yer kadastri” mutaxassisligi boʻyicha magistraturani tamomlagan. 2004-2014 yillarda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti “Geodeziya va yer kadastri” kafedrasi assistenti, katta oʻqituvchisi hamda 2010-2015 yillarda dekan muovini, 2015-2017 yillarda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti “Suv xoʻjaligi iqtisodi” kafedrasi katta ilmiy xodim-izlanuvchisi, doktoranti, 2018 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Davlat kadastrlari” kafedrasi katta oʻqituvchisi, dotsenti lavozimlarida ishlagan, 2019 yil yanvar oyidan fakultet dekani lavozimda ishlab kelmoqda. Sh.Narbayev fakultetda raxbarligi davrida yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni rivojlantirish boʻyicha ishlar amalga oshirilmoqda.


 O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari

Akbarov Muxiddin Sadriddinovich

Tel: +99871-237-09-70

 

 

 

 

M.Akbarov 1978-1980 yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti “Yer tuzishni loyixalash” kafedrasi katta laboranti boʻlib oʻz faoliyatini boshlagan.1980-1995 yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti “Yer tuzishni loyihalash” kafedrasi assistenti,1995-1998 yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti “Yer tuzish va yer munosabatlari” kafedrasi katta oʻqituvchisi, 2004-2018 yillarda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti “Geodeziya va yer kadastri” kafedrasi katta oʻqituvchisi, 2018 yil Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Geodezya va geoinformatika” kafedrasi katta oʻqituvchisi lavozimida faoliyat koʻrsatgan, 1998 yildan o'rindoshlik asosida, 2018 yildan to'liq shtatda o'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.


Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan muovini

Eshova Hurriyat Hurramova

Tel: +99871-237-09-70

 

 

 

 

H.Eshova Oʻzbekiston Milliy universiteti “Jurnalistika” fakultetini magistiraturasida taxsil olgan, 2015-2016 yillarda Oʻzbekiston milliy teleradiokampaniyasida muxbir lavozimida shartnoma asosida ishlagan. 2017-2018 yillar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat solik koʻmitasi Soliq akademiyasi Axborot Resurs markazi xodimi, 2017-2018 yillarda Toshkent Madaniyat kolleji oʻqituvchisi vazifasida ishlagan. 2018 yil may oyidan buyon Toshkent irrigatsiya va kishlok xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan muovini lavozimida ishlab kelmoqda.


Dekan muovini

Axmadaliyev Vaxobjon Abdiraxmonovich

Tel: +99871-237-09-70

 

 

 

 

V.Axmadaliyev 2003-2005 yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti “Yer tuzish va yer kadastri” mutaxassisligi boʻyicha magistraturani tamomlagan. 2011-2015 yillarda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti “Geodeziya va yer kadastri kafedrasi assistenti, 2015-2016 yillarda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti “Yer tuzish va yer munosabatlari kafedrasi assistenti, 2016-2017 yillarda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti “Yerdan foydalanish va yer kadastri” kafedrasi assistenti, 2017 yildan Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Davlat kadastrlari” kafedrasi assistenti lavozimida ishlab kelmoqda, shu bilan birga 2011 yildan hozirgi kunga qadar dekan muovini vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda.