Hamkorlar

Kafedra o‘zining butun faoliyatini respublikamizning qator oliy o‘quv yurtlaridagi soxaga yaqin kafedralar, davlat idoralari, yirik ilmiy loyixalash tashkilotlari bilan doimiy xamkorlikda olib bormoqda, negaki u chiqaruvchi kafedra sifatida mamlakatimiz iqtisodiyoti, ijtimoiy hayoti va ekologik barqarorligini ta’minlovchi “Yer kadastri va yerdan foydalanish” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar, shuningdek, “Yer resurslaridan foydalanish va boshqarish” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlamoqda. Xususan, o‘tgan, 2022/2023 o‘quv yilida kafedrada 101 nafar “Yer kadastri va yerdan foydalanish” yo‘nalishida bakalavrlar va 19 nafar “Yer resurslaridan foydalanish va boshqarish” mutaxassisligidan magistrlar tayyorlandi.

Yuqorida qayd qilingan kadrlarni tayyorlashda biz bilan ushbu kadrlar buyurtmachilari, xususan, “Kadastr agentligi” va uning viloyatlardagi boshqarmalari, “O‘zdaverloyixa” respublika ilmiy loyixalash instituti xamda uning viloyatlardagi filiallari, “Markaziy aerogeodeziya” korxonasi doimiy xamkorlik qilib kelishmoqda. Kafedrani bitirgan barcha talabalar o‘zlarining mehnat faoliyatini aynan ushbu korxonalarda yuritishadi. “Yer kadastri va yerdan foydalanish” ta’lim yo‘nalishining 3 va 4 kurs talabalari o‘zlarining ishlab chiqarish va bitiruv ishioldi amaliyotlarini aynan ushbu korxonalarda o‘tishadi. Bulardan tashqari, ushbu kurslarning qator talabalari ishlab chiqarishni o‘rganish istagida darslardan keyin ushbu korxonalarga borib ish o‘rganmoqdalar. Bundan tashqari, kafedraning professor-o‘qituvchilari o‘zlarining amaliy malakalarini oshirib borishlari uchun 1 yoki 2 xaftalik stajirovkalar sifatida ushbu korxonalarga doimiy tashrif buyurib turishadi, ishlab chiqarishda bajarilayotgan ishlar bilan doimiy tanishib borishadi. Buning uchun kafedra bilan “Kadastr agentligi” va “O‘zdaverloyixa” ilmiy loyixalash instituti, “Markaziy aerogeodeziya” korxonalari 5 yillik o‘zaro xamkorlik shartnomalarini tuzishgan.Kafedrani xorijiy mamlakatlardagi oliy o‘quv yurtlari bilan ham xamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, kafedra Moskva davlat yer tuzish universiteti bilan xamkorligi yo‘lga qo‘yilgan. O‘z vaqtida kafedra professorlari A.Chertovitskiy, S.Avezboyev va dotsenti A.Babajanovlar ushbu universitetda aspirantura va doktoranturasida ta’lim olishgan va ushbu universitetda o‘z ximoyalarini amalga oshirishgan. Kafedrani Qarshi iqtisodiyot muxandislik institutining soxa bo‘yicha kafedrasi bilan, Samarqand davlat arxitektura va qurilish universiteti soxaga oid kafedrasi bilan xam xamkorlik aloqalari mavjud.

Kafedrani xamkorlik aloqalari

T.r.

Hamkor tashkilotlar

Hamkorlik mohiyati

1.

Moskva davlat yer tuzish universiteti

Professor o’qituvchilar stajirovkasi, malaka oshirish, ilmiy kadrlar tayyorlash

1

Obuda universiteti ( Vengriya)

Tayanch doktorantura, stajirovka, malaka oshirish

3

Avstriyaning Zalsburg Universiteti (Avstriya)

Magistratura, magistrantlar stajirovkasi, malaka oshirish

4

“Uzdaverloyixa” DILI

Ishlab chiqarish amaliyoti, bitiruv ishi oldi amaliyoti, birgalikda ITI bajarish

5

“Markaziy aerogeodeziya” korxonasi

Ishlab chiqarish amaliyoti, bitiruv ishi oldi amaliyoti, birgalikda ITI bajarish

6

“Tuproq tarkibi va repozitoriyasi, sifati tahlil markazi”

Ishlab chiqarish amaliyoti, bitiruv ishi oldi amaliyoti, birgalikda ITI bajarish