O'qitiladigan fanlar

 

Bakalavriyat bosqichida

Fanning nomi

Fan xaqida qisqacha ma`lumot

1

Tuproqshunoslik va dehqonchilik .

 

    Fanning maqsadi: talabalarda tuproq hosil bo`lish jarayoni, tuproqlarning   tarqalishi, xususiyatlari, morfologik belgilari, tuproq unumdorligini oshirish chora-tadbirlari va tuproqlarning sifatini baxolash ko`rsatkichlari, o`simliklarning yashash sharoitlari, dehqonchilik tizimi va qonunlari, qo`llaniladigan organik va mineral o`gitlarning xossa va xususiyatlari, kimyoviy tarkibi hamda tuproqda kechadigan jarayonlarni o`rganish bo`yicha nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat.

Fanning vazifasi: Tuproqshunoslik va dehqonchilikka oid mumtoz nazariy va amaliy tayanch tushunchalarni talabalar ongiga singdirish, O`zbekistonda tarqalgan tuproqlarning hosil bo`lishi, xossalari va ularni boshqarish, tuproq unumdorligini oshirish yo`llari, o`simlik mahsulotlari etishtirishda amalga oshiriladigan agrotexnologik jarayonlari haqida bilim berish.

2

Atrof muhit biotexnologiyasi

       Fanning asosiy maqsadi - talabalarda tirik organizmlar, ularning organlari, to`qima, hujayra tuzilishi, funktsiyalari, kimyoviy tarkibi hamda ularda kechadigan jarayonlarni  o`rganish, atrof muhit muhofazasi sohasidagi masalalarni echishda qo`llanadigan biotexnologik usullarning amaliy va nazariy tomonlari tizimli ravishda ochib berish bo`yicha nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat.

Fanning vazifasi - talabalarga:

- hayotning mohiyati, uning tuzilish darajalari, shakllari;

-hayot rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini tadbiq qilish;

- biologik qonuniyatlarni xalq xo`jaligining barcha tarmoqlariga tadbiq etish va eng avvalo ekologik muhitni saqlash, serhosil ekin navlari va chorva hayvon zotlarini  yaratish hamda shu asosda inson farovonligini oshirish;

- biotexnologiya usullarining mohiyatini o`rgatish, tabiiy xom ashyolar asosida biologik faol birikmalarni olish, ekologik sof texnologiyalarni qishloq xo`jalik ishlab chiqarishida qo`llash va ulardan insîí turmushini yaxshilashdagi o`rnini o`rgatishdan iboratdir.

3

Tuproqshunoslik va o`simlikshunoslik

Fanni o`qitishdan maqsad -  qishloq xo`jalik texnikasi ta`lim sohasi talablari doirasida  "Tuproqshunoslik va o`simlikshunoslik asoslari" fani talabalarga tuproqshunoslik va o`simlikshunoslik sohalaridagi bilimlarning nazariy va amaliy asoslari, tuproq hosil bo`lish jarayoni, tuproqning xossalari, tuproqlarning tarqalish qonuniyatlari va tasnifi, ularning ekologo-meliorativ holatini ifodalovchi ko’rsatkichlar, ularni yaxshilash chora-tadbirlari, Tuproqshunoslik qo`llaniladigan agrotexnologik jarayonlarni o`rgatish, ishlab chiqarish amaliyotiga tadbiq qilish, asosiy qishloq xo`jalik ekinlarini etishtirish texnologiyalari bo`yicha amaliy ko`nikmalarni qosil qilishning nazariy va amaliy tomonlarini o`rganishga yo`naltirish vazifasini bajaradi.

4

Biologiya va mikrobiologiya

 

Fanni o`qitishdan maqsad – talabalarni organizmlarning biologik qonuniyatlariga oid bilimlar bilan ta`minlash, fan respublikada qishloq xo`jalik ekinlaridan yuqori hosil olish, agrotexnologiya, o`simliklarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilish, boshlang`ich man`ba, mikroorganizmlarning biologiyasi, marfologiyasi, fizologik va biokimyoviy xususiyatlari hamda ularning tabiatda tarqalish qonuniyatlari, mikroorganizmlarga tashqi muhit omillarining ta`siri, ulardagi moddlar almashinuvi, uglerod, azot, fosforni tabiatda yalanishida mikroorganizmlarning roli, qishloq xo`jaligi ekinlarini hosildorligini oshirish, ularni sifatini va ekologik tozligini yaxshilash, tabiatni ifloslantirishdan saqlash va agrar ishlab chiqarishning boshqa barcha tarmoqlarida bu usullarni qo`llash to`g`risidagi qo`llash bo`yicha ko`nikmalar hosil qilishdan iborat.

Fanning vazifasi – talabalarni tirik materiyaning belgilari, organik dunyoning birligi va xilma-xilligi, yerda hayotning paydo bo`lishi va rivojlanish tarixi, mikroorganizmlarning morfologioyasi, tarqalishi, ko`payishi, oziqlanishi va klassifikatsiyasini, mikroorganizmlarga ta`sir qiluvchi tashqi muhit omillar, mikroorganizmlarni tabiatda moddlar almashinuvi jarayonidagi o`rni, ajratilgan o`simlik hujayra ajratilgan o`simlik xujayra va to`qimalarni o`stirish texnologiyasini qo`llash, o`simliklar hujayrasida hosil bo`ladigan moddlarni toza holda ajratib olish mikroorganizmlarga ta`sir qiluvchi tashqi muhit omillarini, mikrobiologiyada qo`llaniladigan sterillash usullarini, mikroorganizmlarni tabiiy substratlardan ajratib olish usullarini bilishi va ulardan foydalana olishi hamda ilmiy dunyo qarashlarini kengaytirishga yordam beradi.

 

5

Dehqonchilik va o'simlikshunoslik

Fanni o`qitishdan maqsad – talabalarda o`simlik organlarining tuzilishi, yashash sharoitlari, o`simlik biologiyasi, o`simlik xusisiyatlari va belgilari, tuproqqa ishlov berish, urug` va uni ekish, ogranik va mineral o`g`itlar, begona o`tlarga o`simlik kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurash kurash, o`simliklarni sug`orish, qishloq xo`jalik ekinlarini etishtirish agrotexnologiyasi, almashlab ekish bo`yicha bilim va ko`nikmasini hosil qilishdan iborat.

Fanning vazifasi – nazariy bilimlar, amaliy ko`nikmalar, o`simliklarning hayotiy omillari va dehqonchilik qonunlari, almashlab ekishning ilmiy asoslari, tuproqqa asosiy, ekishdan oldin va keyin ishlov berish, urug` va uni ekish, parvarishlash, o`g`itlash, sug`orish, va begona o`tlar, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashishning zamonaviy deonhqchilik yutuqlarini ishlab chiqarishda qo`llay olish haqidagi uslubiy yondoshuv va ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.

6

Tuproqlar degradatsiyasi

Fanning  mazmuni.

          "Tuproqlar degradatsiyasi" fani orqali talabalar Respublikamizda kechayotgan degradatsiya jarayonlari, O`zbekiston tuproqlari va er resurslari, tuproq degradatsiyasi turlari va omillari, tuproqlarni mexanik buzilishi, tuproqlarni fizik degradatsiyasi, tuproqning kimyoviy degradatsiyasi, tuproqning ifloslanishè va detoksikatsiyasi, degradatsiyaga uchragan tuproqlarning biologik faolligi, eroziyasi, sho`rlaniø, cho`llanish, iqlim o`zgarishi va tuproq degradatsiyasi, degradatsiyaga uchragan tuproqlarni monitoring qilishda masofaviy usullar va GAT texnologiyalari, O`zbekiston Respublikasi tuproqlaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishga qarata ishlab chiqilgan qonuniy va me`yoriy huquqiy hujjatlar, genezisi, geografiyasi, evolyutsiyasi, ularning xossa xususiyatlari hamda kuchli antropogen omillar ta`sirida natijasida ularning o`zgarishlari to`g’risidagi ma`lumotlarni va ularni unumdorligini boshqarish to`g’risidagi ma`lumotlarni oladilar.

 

7

Tuproqshunoslik

Fanning mazmuni

Fanni o`qitishdan maqsad - talabalarda tuproqshunoslik fanining rivojlanishi, tuproqning suvi, issiqlik, havo xosslari, tuproq kaloidlari, tuproq hosil bo`lish jarayoni, tuproqlarning tarqalishi, xususiyatlari, morfologik belgilari, sho`rlanishi, eroziyasi, tuproq bonitrovkasi, tuproq kartalari, tuproq muxofazasi, tuproq unumdorligini oshirish chora tadbirlari va tuproqlarning sifatini baholash ko`rsatkichlari bilim va ko`nikmasini hosil qilishdan iborat.

Fanning vazifasi - nazariy bilimlar, amaliy ko`nikmalar, O`zbekistonda tarqalgan tuproqlarning hosil bo`lishi, morfologik belgilari, tuproqning fizik-mexanik xossalari, tuproqning organik qismining shakllanishi, sho`rlanish darajalari, tuproq eroziyasini hosil qiluvchi omillar, unumdorligini oshirish chora-tadbirlari, yutuqlarini ishlab chiqarishda qo`llay olish haqidagi uslubiy yondoshuv va ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.

 

8

Landshaftshunoslik

Fanning  mazmuni

"Landshaftshunoslik" fani tabiiy geografiyaning muhim bir qismi sifatida kishilik jamiyatininг amaliy talablariga bog’liq holda shakllanmoqda va rivojlanib bormoqda. U inson bilan tabiat o`rtasidagi o`zaro aloqalar samaradorligining oshirishning ilmiy asoslarini yaratish va madaniy landshaftlarni barpo qilishining qoida va usullarini ishlab chiqish bilan shug’ullanadi.  Landshaft haqidagi ta`limot esa geografiya fanining muhim qismi sifatida tabiiy geografiyaning amaliy hayotga kirib borishida ilmiy nazariy asos bo`lib xizmat qiladi. "Landshaftshunoslik" fani er kurrasining ustki geografik qobig’ini tuzilishi, tarkibi hususiyatlari, rivojlanishi, tabiiy va antropogen omillar ta`sirida o`zgarishi, ulardan xalq xo`jaligida samarali foydalanish usullarini o`rganadi.

Fanning vazifasi - landshaftshunoslik g’oyalarining shakllanishi va taraqqiyot tarixi, landshaftshunoslikning ilmiy nazariy asoslari, landshaftlarning strukturasi, landshaftlarning kelib chiqishi, dinamikasi, rivojlanishi va maxsus faoliyati, antropogen landshaftlar, ularning hosil bo`lishi vа tasniflari, amaliy landshaftshunoslik, tabiiy resurslardan foydalanish va tabiatni muhofaza qilishning landshaft-ekologik prinsiplari va uslublarini, turli zonalar, viloyatlar, tumanlar tabiiy resurslaridan xar tomonlama foydalanish, ularni muhofaza qilish va tiklash masalalarini geografik komplekslar holida o`rganishdir. 

 

9

Mevachilik va sabzavotchilik

Fanning mazmuni. 

Mevachilik va sabzavotchilik fanni bakalavrlar tayorlashda o`rni va axamiyati shulardan iboratki, mevachilik va sabzavotchilikni axamiyati, kelib chiqishi va tarqalishi tarixi,  xozirgi xolati va rivojlanish istiqbolli to`g`ridagi bilimini berishdan iborat. Meva ekinlarini axamiyati, kimyoviy tarkibi, kelib chikishi va tarqalish tarixi, xozirgi xolati va rivojlanish istiqboli xamda tashqi muxit omillariga bo`lgan talabi tog`risidagi va mevachilikka yangi kirib kelgan intensiv mevani navlarini kupaytirishga urgatish bo`yicha ilmiy-amaliy   ko`nikmalar hosil qilishdan iborat.

Fanning vazifasi – talabalarni tirik materiyaning belgilari, organik dunyoning birligi va xilma-xilligi, yerda hayotning paydo bo`lishi va rivojlanish tarixi, o`zgaruvchanlikning genetik qonuniyatlari, tur ichida va uzoq shakllarni duragaylashda biologik qonuniyatlar kabi ko`plab nazariy bilimlar, amaliy ko`nikmalar, biologik hodisa va genetik jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyo qarashlarini

     

 

Magistratuta bosqichida

t/r

Fanning nomi

Fan haqida qisqacha ma`lumot

  1.  

Meliorativ tuproqshunoslik

 va dehqonchilik

Meliorativ tuproqshunoslik fani meliorativ holati qoniqarsiz erlarning xossalari, ularni boshqarish, agro va gidromeliorativ tadbirlarni ilmiy asoslash, etishtiriladigan ekinlarni tanlash, joylashtirishva agrotexnologik tadbirlarni (tuproqqa ishlov berish, ekish, o`g’itlash, sug’rish, va h.k) erlarning holatini inobatga olib tabaqalashtirgan holda ishlab chiqarish amaliyotida qo`llashning ilmiy asoslarini o`rganadi.