Tarixi
“Geodeziya va geoinformatika” kafedrasi mudiri, dotsent
Oymatov Rustam Qamariddinovich
Теl.: +99871-237-19-16
Email: r.oymatov@tiiame.uz
Kafedra «Yer resurslari va kadastr» fakulteti tarkibida bo‘lib, 2004 yilda oldingi «Geodeziya» va «Yer kadastri» kafedralarini birlashtirilishi natijasida tashkil etilgan bo‘lib, fakultetning asosiy ixtisoslashgan kafedralaridan biridir. E’tirof etish joizki, «Geodeziya» va «Yer kadastri» kafedralari o‘zlarining boy tarixiga ega. Jumladan, «Geodeziya» kafedrasi O‘rta Osiyo davlat universitetining tashkilotchilaridan biri, professor I.M.Lebedinskiy tomonidan 1920 yili tashkil etilgan, 1934 yili kafedra mudiri M.I.Maslov boshchiligida butun professor-o‘qituvchilar tarkibi bilan TIQXMIIga berilgan.
Kafedraning keyingi yillarda rivojlanishi va kamol topishida unda faoliyat ko‘rsatgan va ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilardan i.f.d., professor A.S.Chertoviskiy, i.f.n, V.V.Beshenov, i.f.n. dotsent K.R.Rahmonov, katta o‘qituvchi T.I.Ismoilov, dotsent P.M.Kunyavskiy, E.X.Nurmatov, I.M.Musaev, M.X.Rajapbaevlarning xizmatlari benihoya kattadir.
Kafedraga 1982-1992 yillari kafedrani i.f.n dotsent B.I.Sibizov, 1992-1999 yillari i.f.n. dotsent A.R.Babajonov, 2012-2016 yilgacha i.f.n., dotsent Q.Raxmonov, 2004-2019 yillar oralig‘ida t.f.n., dotsent I.M.Musaevlar rahbarlik qilgan. 2019 yildan boshlab, kafedrani PhD, dotsent R.K.Oymatov boshqarib kelmoqda. Kafedra jamoasi o‘zining diqqat e’tiborini yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash bilan bir qatorda respublikamizda amalga oshirilayotgan agrar islohatlarning asosi hisoblangan yer maydonlaridan oqilona va samarali foydalanishni tashkil etish, geoinformatika, yerni masofadan zondlash, kartografiya, yer kadastri, yer resurslarini boshqarish, geodezik ishlarni takomillashtirish yo‘nalishlarida katta xajmdagi ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishga, shuningdek talabalar o‘rtasida yuksak darajada ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishga qaratgan.
Kafedra qoshida 11.00.07 - Geoinformatika ixtisosligi bo‘yicha doktorantura tashkil qilinib, hozirgi davrga qadar 15 nafardan ortiq doktorantlar tahsil olishgan. Shundan 2 nafar doktorantlar muvofaqiyatli himoyadan so‘ng PhD darajasiga ega bo‘lishdi.
Kafedrada professor-oʻqituvchilar Respublikamiz va chet eldagi bir qancha ilmiy markazlar bilan aloqalar oʻrnatganlar. Jumladan, Oʻzbekiston Milliy universiteti, Toshkent Davlat texnika universiteti, Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti mutaxassislari va professor-oʻqituvchilari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda hamda oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar yaratilmoqda.
Kadastr agentligining mansub Davlat kadastrlari palatasi, Respublika aerogeodeziya markazi, “Kartografiya” davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasi, “Geoinnovatsiya markazi” DUK, “Kompyuterlashtirish va geoaxborot texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish markazi” DUK, Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji kabi tashkilotlar bilan to’g’ridan to’g’ri ishlab chiqarish amaliyoti hamda bitiruv oldi amaliyotini tashkil qilish bo‘yicha ikki tomonlama shartnomalar rasmiylashtirilgan.
Har yili kafedramizning professor-o‘qituvchilari Rossiya, Yevropa ittifoqi davlatlari va AQShning nufuzli universitetlarida o‘z malakalarini oshirib kelishmoqda. Ushbu yo‘nalishning natijasi sifatida 2022 yilda 4 nafar, 2023 yilda 3 nafar kafedramizning professor-o’qituvchilari dunyoning Top-1000ga kiruvchi oliy ta’lim muassasalarida soha bo‘yicha malaka oshirish hamda tajriba almashishga borishib, ular bilan bir qator shartnomalar tuzishga erishildi.
Yer resurslarini boshqarish fakulteti O'qitiladigan fanlar Ilmiy ishlar Tadqiqotchilar Hamkorlar Kafedra xodimlari To'garaklar Dars jadvali Aloqalar