Buyurtmachi tashkilotlar
Bitiruvchi talabalar bitiruvchilarga buyurtmachi bo‘lgan tashkilotlar haqida ma’lumot
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi (www.ygk.uz)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 9 dekabrgi “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF–3358-son Farmoniga muvofiq hamda yerdan foydalanish, geodeziya va kartografiya soxasidagi boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, yerdan oqilona foydalanishni ta’minlash va yer munosabatlarini tartibga solish, Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish maqsadida:
O‘zbekiston Respublikasi Yer reusurslari davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bosh boshqarmasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo‘mitasi tashkil qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi deb ataladi.) davlat boshqaruv organi hisoblanadi. “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi o‘z faoliyatini davlat boshqaruvi boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradigan tashkilot.
“Yergeodezkadastr” davlat ko‘mitasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar
- «Yergeodezkadastr» davlat qo‘mitasi tarkibiga quyidagilar kiradi:
- Hududiy bo‘linmalar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda
Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari);
- Tumanlar (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlari;
- Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi;
- Markaziy va Samarqand aerogeodeziya korxonalari;
- Geodeziya va kartografiya milliy markazi;
- “Kartografiya” davlat ilmiy-loyihalash korxonasi;
- O‘zbek davlat yer tuzish ilmiy-loyihalash instituti – “O‘zdaverloyiha”;
- Tuproqshunoslik va agrokimyo davlat ilmiy-tadqiqot instituti;
- “Geoinformkadastr” davlat unitar korxonasi.
Geodeziya va kartografiya milliy markazi (http://gkmm.uz/)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 19 oktabrdagi 483-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi (“Yergeodezkadastr”)tasarrufiga“Geodeziya va kartografiya milliy markazi” DUK sifatida qo‘mita tarkibiga kiradi.
GKMM DUK iqtisodiyot, fan, mudofaa va mamlakat xavfsizligi, Davlat kadastrlari yagona tizimini hamda Ko‘chmas mulk ob’ektlari ma’lumotlari markaziy bazasini yaratish va yuritish, Geografik ob’ektlarning nomlari davlat reestrini yaratish va yuritish, normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish, davlat ahamiyatiga molik boshqa masalalar sohalarini geodezik va kartografik jihatdan ta’minlash borasida davlat ahamiyatidagi bir qator muhim masalalarning yechilishini ta’minlaydi.
«Kartografiya» ilmiy-ishlab chiqarish davlat korxonasi (http://kartografiya.uz)
Toshkent kartografiya fabrikasi 1934 yil 13 yanvarda tashkil topgan. 2005 yilda «Kartografiya» ilmiy-ishlab chiqarish davlat korxonasi deb qayta nomlangan. «Kartografiya» ilmiy-ishlab chiqarish davlat korxonasining asosiy faoliyat turi ochiq foydalanish uchun mo‘ljallangan kartografik mahsulotni tahririy loyihalash va nashr yetishdan iborat. Korxona mahsuloti xalq xo‘jaligini boshqarishda, fan va texnikani, xo‘jaliklararo munosabatlarni rivojlantirishda, xalq ta’limini ko‘rgazmali va uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlash, turizmni, transportni rivojlantirishda, aholi madaniyatining umumiy darajasini ko‘tarishda yordam ko‘rsatadi. «Kartografiya» IIChDK tashkil yetilganidan buyon uning asosiy maqsadi mudofaa va O‘zbekiston xalq xo‘jaligini turli-tuman kartografik mahsulotlar bilan ta’minlashdan iborat bo‘ldi.
"GEOINFORMKADASTR" davlat unitar korxonasi (http://ygk.uz/uz/node/48)
O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasiga hamda muassisga yuklatilgan O‘zbekistonda yagona yer siyosatini yuritish, “Yer kodeksi”, “Davlat kadastri” qonuni va qarorlar davlat yer kadastrining yagona tizimini yaratish va respublikada yagona yer siyosatini yuritish maqsadida ishlab chiqarishga zamonaviy kompyuter texnologiyalarini jalb etish, GAT-geoaxborot tizimlarini yaratish vazifalaridan kelib chiqqan holda, qo‘yidagilar korxonaning asosiy faoliyat maqsadlari etib belgilanadi:
Davlat maqsadidagi hamda maxsus maqsaddagi grafik, raqamli, fotosuratli va boshqa shakllardagi topografiya xaritalari va planlarini yaratadi va yangilaydi;
Talab yetilgan miqyosdagi elektron –raqamli xaritalar yaratish;
Talab etilgan miqyosdagi topografik-geodezik, kartografik izlanishlarni amalga oshirish;
Tarmoqqa ilg‘or GAT-texnologiyalarni jalb qilish va boshqaruvni yengillashtirish;