Kafedra haqida
“Davlat kadastrlari” kafedrasi mudiri
Muxtorov O‘zbekxon Burxonovich
PhD, dotsent
Теl: 71/237-09-68
Email: u.muxtorov@tiiame.uz
Kafedra «Yer resurslari va kadastr» fakulteti tarkibida bo‘lib, 2017 yilda oldingi «Geodeziya va yer kadastr» kafedrasi tarkibidan ajralib chiqqan. Kafedra tarixiga nazar tashlasak, 2004 yilda oldingi «Geodeziya» va «Yer kadastri» kafedralarini birlashtirilishi natijasida tashkil etilgan bo‘lib, fakultetning asosiy ixtisoslashgan kafedralaridan biridir. Shuni alohida aytish lozimki, «Geodeziya» va «Yer kadastri» kafedralari o‘zlarining boy tarixiga ega. “Davlat kadastrlari” kafedrasi “Qishloq aholi yashash joylarini loyihalash va obodonlashtirish» nomi bilan 1949 yilda fakultetning asosiy ixtisoslashgan kafedralaridan biri sifatida tashkil etilgan. 1949 yildan 1982 yilgacha unga yetakchilik qilgan «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yer tuzuvchi», i.f.d., professor P.K.Taturning xizmatlari kafedrani tashkil etish va har tomonlama mustahkamlashda benihoya katta bo‘lgan. 1982-1992 yillari kafedraga i.f.n., dotsent B.I.Sibizov раҳбарлик қилган, 1992-1999 yillarda esa i.f.n., dotsent A.R.Bobojonov rahbarlik qildi. Kafedraga 2000-2004-yillarda t.f.n., dotsent I.M.Musayev rahbarlik qilgan boʻlsa, кafedraning keyingi yillarda rivojlanishi va kamol topishida unda faoliyat ko‘rsatgan va ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilarning ҳиssalari juda ham kattadir. Ular i.f.d., professor A.S.Chertoviskiy, i.f.n, V.V.Beshenov, i.f.n. dotsent K.R.Rahmonov, katta o‘qituvchi T.I.Ismoilov, dotsent P.M. Kunyavskiylardir. 2004-2012 yilgacha kafedraga dotsent, t.f.n. I.M.Musayev rahbarlik qilib keldi. 2012-2016 yilgacha esa kafedrada i.f.n., dotsent Q.Raxmonov yetakchilik qildi. “Davlat kadastrlari” kafedrasi Geodeziya va geoinformatika kafedrasidan ajralib chiqqandan keyin, 2017 yil 2 sentyabrdan o‘z faoliyatini boshladi. 2017-2023 yillarda kafedraga i.f.n. dotsent K.R.Rahmonov rahbarlik qildi. 2023 yil 31 avgustdan kafedraga iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, PhD, dotsent O‘B.Muxtorov rahbarlik qilib kelmoqda. Kafedra jamoasi o‘zining diqqat e’tiborini yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash bilan bir qatorda respublikamizda amalga oshirilayotgan agrar islohotlarning asosi hisoblangan yer maydonlaridan oqilona va samarali foydalanishni tashkil etish, yer kadastri, yer resurslarini boshqarish, shuningdek talabalar o‘rtasida yuksak darajada ma’naviy-ma’rifiy ishlarni bajarishga qaratgan. Kafedrani chet mamlakatlardagi va respublikamizdagi oliy o‘quv yurtlarining turdosh kafedralari, shuningdek ishlab-chiqarish hamda ilmiy-loyihalash tashkilotlari bilan aloqalari mustahkamlanmoqda. Jumladan, kafedrada “Innovatsion va kreativ yosh kadastrchi” talabalar ilmiy toʻgaragi faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Toʻgarakda 20 nafar iqtidorli talabalar faoliyat yuritadi. Kafedra jamoasi Finlandiya, Latviya, Litva, Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Vengriya davlatlarining turdosh soha universitetlari bilan xamkorlik shartnomalari asosida professor – oʻqituvchilar va talabalarning tajriba almashuvi, xalqaro ilmiy loyihalar, darslik va oʻquv qoʻllanmalarni yaratishda ishtirok etib kelmoqdalar. Kafedra olimlari qayt etilgan chet el universitetlarida muntazam ravishda vebinar va treninglarni tashkil etib, mahorat darslari bilan qatnashib kelmoqdalar. Kafedrada 06.01.10 – Yer tuzish, kadastr va yer monitoringi ixtisosligi boʻyicha doktorantura mavjud boʻlib, hozirgi kunga qadar 10 ga yaqini tahsil olishgan. Shundan 2 nafar doktorantlar PhD darajasini olish uchun dissertatsiyalarini himoya qilish boʻyicha ishlarini olib bormoqdalar. Kafedra professor-oʻqituvchilari respublikadagi va chet eldagi bir necha ilmiy markazlar bilan mustahkam aloqalar oʻrnatgan. Jumladan, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot universiteti, Oʻzbekiston Milliy universiteti, Toshkent Davlat texnika universiteti, Toshkent Arxitektura-Qurilish Universiteti, shuningdek, oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi mutaxassislari va professor-oʻqituvchilari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.Shu bilan birga oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar ham yaratilishi yoʻlga qoʻyilgan. Bugungi kunda kafedra tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi va uning joylardagi boshqarma, boʻlimlari, Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi, “Geoinnovatsiya markazi” DUK, “Oʻzdaverloyiha” Davlat ilmiy loyihalash institutlari bilan toʻgʻridan toʻgʻri ishlab chiqarish amaliyoti, talabalarning darsdan keyingi boʻsh vaqtlarini ishlab chiqarishga bogʻlash, 5+1 dasturi doirasida amaliy mashgʻullotlarni tashkil etish hamda bitiruv oldi amaliyotini tashkil qilish boʻyicha ikki tomonlama shartnomalar rasmiylashtirilgan.
Yer resurslarini boshqarish fakulteti O'qitiladigan fanlar Ilmiy ishlar Tadqiqotchilar Hamkorlar Kafedra xodimlari To'garaklar Dars jadvali Aloqalar