Oliy matematika

«Oliy matematika» kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori, professor

Xudayarov Baxtiyar Alimovich

Теl.: (71)- 237-09-86

Email: b.khudayarov@tiiame.uz

 

 


«Oliy matematika» kafedrasi 1934 yilda tashkil topgan. Kafedra tarixi akademik T.N.Qori-Niyoziy va boshqa professor- o‘qituvchilar nomlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Akademik T.N.Qori-Niyoziy rahbarligi davrida kafedrada hamdo‘stlik mamlakatlarida tanilgan professor-o‘qituvchilar xizmat qilgan. O‘zbekiston fanlar akademiyasining muxbir a’zolari I.S.Arjanыx, D.F.Fayzullaev, N.A.Filatov, dotsentlardan Sh.A.Gumerov, A.S.Xabirov,  X.A.Isokov, E.F.Fayziboev, K.K.Konusbekov, Z.I.Ilxomov, N.I.Kidirbaev, M.S.Sagitov, O.B.Bekmirzaev, Z.G.Em, B.I.Kramarovskiy, S.N.Niyozov, X.R.Raxmatova, M.N.Nuriddinov, T.K.Qodirbekov, O‘.M.Jo‘raev, Ya.Sharifboev, T.S.Maqsudov, E.I.Ibraev, S.S.Mosolova, G.A.Popov, O.Umarov, katta o‘qituvchilar G.I.Martirosov, X.X.Lambru, N.M.Sirmirakis, L.G.Popondopulos, R.R.Rayimov, V.A.Toporova, N.R.Tog‘­­­aev, A.A.Eshonxo‘jaev, D.B.Turdiev, N.B.Turkmanov, M.Xodiev, assistentlardan D.G.Yusupova, S.S.Alimova va boshqalar kafedrada samarali mehnat qilganlar. Ma’lumki, T.N.Qori-Niyoziy O‘zbekistonda Xalq maorifining birinchi tashkilotchilari va targ‘ibotchilaridandir. U birinchi bo‘lib o‘zbekcha matematika terminologiyasini ishlab chiqdi va bu 1930 yili «O‘zbekcha matematik terminlari» respublika markaziy ijroiya qo‘mitasi qoshidagi yangi harf - terminlar bo‘limi tomonidan tasdiqlandi. Olimning o‘zbekcha «Matematika terminlari lug‘ati» 1933 yili Qozon shahrida bosilib chiqdi, Qori-Niyoziyning algebra, geometriya, trigonometriya, determinantlar, analitik geometriya, differensial va integral hisobga doir asarlari ham nashr qilindi. 1970 yildan 2012 yilgacha kafedraga professor E.F.Fayziboev rahbarlik qildi. E.F.Fayziboev 100 dan ortiq  ilmiy va  ilmiy-metodik ishlar, shu jumladan  2 ta o‘quv qo‘llanma chop ettirgan. E.Fayzibaev   1958  yili O‘rta Osiyo Davlat Universitetini «matematika» ixtisosligi bo‘yicha tugatgan va Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish institutiga ishga yuborilgan. E.F.Fayziboev o‘z mehnat faoliyatini Toshkent qurilish texnikumida (1956-1959)  o‘qituvchilikdan boshlagan. 1958-59 yillarda TIQXMII «Oliy matematika» kafedrasi assistenti,  1959-62 – yillarda Ukraina FA matematika instituti aspiranti (Kiev), 1962 – 1966 yillarda O‘zbekistan FA Matematika instituti katta ilmiy xodimi (1981-1987) – Umuminjenerlik fakulteti dekani, (1989-1996)- Umuminjenerlik markazi prorektori va 1970 yildan 2012 yilgacha «Oliy matematika» kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlagan. 2012 yildan hozirgi kunga qadar kafedraga t.f.d. B.A.Xudayarov  rahbarlik qilmoqda.


Yer resurslarini boshqarish fakulteti O'qitiladigan fanlar Ilmiy ishlar Tadqiqotchilar Hamkorlar Kafedra xodimlari To'garaklar Dars jadvali Aloqalar